Yarimo’tkazgichli diodlar. Tog’rilagichlar. Reja
-rasm. Ko’prik to’g’rilagichning sxemasi (a) va tok va kuchlanishlarning vaqtli diagrammalari
Download 54,5 Kb.
|
6-ma\'ruza el-sxem
5-rasm. Ko’prik to’g’rilagichning sxemasi (a) va tok va kuchlanishlarning vaqtli diagrammalari
Tekislovchi filtrlar. Ta’minlovchi elektron qurilmalarda kuchlanish pulsasiyasi kichik foyizni tashkil qilishi kerak. Shuning uchun pulsasiyani yetarli darajada kamytirish uchun tekislovchi filtrlardan foydalaniladi. Filtrlovchi elementlarning turiga qarab ular induktiv , sig’im va elektron filtrlarga bo’linadi. Ularning asosiy elementlari induktiv g’altaklar, kondensatorlar va tranzistorlar, ularning qarshiliklari o’zgaruvchan va o’zgarmas tok uchun turlicha bo’ladi. Induktiv g’altaklar uchun o’zgarmas tokka qarshilik kichik, o’zgaruvchan tokka esa XL = Lω chastota oshishi bilan ortadi. Shunday qilib, tokning o’zgaruvchan tashkil etuvchi uchun induktiv qarshilik o’zgarmas tashkil etuvchi qarshilikka nisbatan ancha katta. Shu sababli induktiv g’altak nagruzkali qurilmaga ketma-ket ulash natijasida tokning o’zgaruvchan tashkil etuvchisi hisobiga nagruzkali qurilmada kuchlanishning tushishi kamayadi,yani to’grilangan U kamayadi. Tekislovchi filtrning ta’sir effektivligini xarakterlovchi asosiy parametr tekislash koeffisenti bo’lib, u filtr kirish va chiqish pulsasiya koeffisentlarining nisbatiga teng: Sig’imli filtr Cf rezistorli nagruzkaga parallel ulanadi (6 –a rasm). Kondensator Cf bunday ulanishi diod orqali transformatorning ikkinchi chulg’amidagi u2 kuchlanish kondensatordagi us kuchlanish ortganda u2 kuchlanishga yetgunga qadar zaryadlanadi (6-rasm,b). Bu rejimga t1-t2 oralig’i to’g’ri keladi.Vaqt t2-t3 oralig’ida us > u2 diod yopiq, kondensator esa Rn nagruzka orqali razryadlanadi va τraz = Cf Rn bilan aniqlanadi.Bunda un kuchlanish eksponensial qonun bo’yicha ma’lum kichik qiymatgacha kamayadi.Vaqt t3 momentidan boshlab kondensatordagi us kuchlanish u2 kuchlanishdan kichik bo’lib qoladi. Diod ochiladi, kondensator yana zaryadlana boshlaydi va jarayon qaytalanadi. 6-b rasmgi vaqtli diagramma shuni ko’rsatadiki, sig’imli filtrning ulanishi natijasida filtrsiz biryarimdavrli to’g’rilagichga nisbatan un kuchlanish davrning ikkinchi yarmida nolgacha kamaymaydi, to’g’rilangan kuchlanishning o’rtacha qiymatini oshirgan holda ma’lum oraliqda pulsasiyalanadi.Belgilab o’tish kerakki, bunda yopiq diodga qo’yilgan kuchlanish uobr,max qiymati ikkilangan u2,max ga teng bo’lishi mumkin. Sig’imli filtr ko’prik sxemada ham xuddi shunday ishlaydi (6-rasm, v, g). Kondensator Cf sig’imi quyidagi munosabatdan tanlanadi: τraz = Cf Rn>>T(τraz » 5T ), (4) bu yerda T= — asosiy garmonik tebranish davri. Sig’im filtrli to’g’rilagichning pulsasiya koeffisenti 10-2 gacha kamayishi mumkin. Quvvati Pn bir qancha o’n vattdan oshmagan yuqoriomli nagruzkali rezistor Rn da sig’imli filtrni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda yuqori darajada tekislash talab qilinsa, unda murakkab tekislovchi filtrlardan foydalaniladi. Bularga G-ko’rinishdagi filtrlar LC- va RC-turdagi filtrlar kiradi. Download 54,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling