Yarimo’tkazgichli diodlar. Tog’rilagichlar. Reja
-rasm . Biryarimdavrli to’g’rilagich sxemasi
Download 54,5 Kb.
|
6-ma\'ruza el-sxem
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Biryarimdavrli to’g’rilagichda tok va kuchlanishlarning vaqtli diagrammalari.
2-rasm . Biryarimdavrli to’g’rilagich sxemasi.
3-rasm. Real (a) va (b) ideal diodlarning volt-amper xarakteristikalari. To’g’rilagichlarning ishlashini tahlil qilishda diod ideal deb qaraladi. Bu holda:to’g’ri yo’nalishda diodning qarshiligi nolga teng;diodning teskari qarshiligi cheksiz katta deb qaraladi. Hozirgi vaqtda to’g’rilagichlarda volt-amper xarakteristkasi (VAX) 3- ( a) rasmdagi ko’rinishidagi yarim o’tkazgichli diodlardan foydalaniladi. Ideal diodning VAX si 3- b rasmda ko’rsatilgan. To’g’rilagichlarning ishlashini vaqtli diagrammalar yordamida ko’rish qulay. Biryarimdavrli to’g’rilagichlarni vaqtli diagrammalari 4 - rasmda tasvirlangan. Kuchlanishni u2 birinchi yarim davri davomida, qaysiki a nuqta potensiali v nuqta potnesialiga nisbatan musbat bo’lsa, diod ochiq va nagruzka qarshiligida tok paydo bo’ladi. Agar to’g’ri yo’nalishida diod qarshiligi nol deb hisoblasak, yani un = u2 bo’ladi. u2 kuchlanishni ikkinchi yarim davrida transformatorning ikkilamchi chulg’amida qutbi qarama-qarshi o’zgaradi, yani a nuqta potensiali v nuqta potensialiga nisbatan manfiy bo’ladi. Bunday qutbda diod teskari yo’nalishda bo’ladi. 4-rasm. Biryarimdavrli to’g’rilagichda tok va kuchlanishlarning vaqtli diagrammalari. Agarda diod teskari yo’nalishda qarshiligi cheksiz deyilsa, barcha kuchlanish yopiq diodga tushadi, yani u2 = ua va uning maksimal qiymati Utes.max= U2. Vaqtli diagrammalardan ko’rinib turibdiki, in va un o’zgarmasdan farqliroq pulslanuvchi xarakterga ega. To’g’rilangan kuchlanishni Fure qatoriga yoyish mumkin: (1) Har qanday to’g’rilagich ishlashini effektivligi pulsasiya koeffisenti r bilan aniqlanadi, yani Uas birinchi garmonikasining amplitudasini to’g’rilangan kuchlanish Un.o’r o’rtachasiga nisbati bilan aniqlanadi. Biryarimdavrli to’g’rilagich uchun r 1.57 ga teng. Biryarimdavrli to’g’rilagichlarga nisbatan ikkiyarimdavrli to’g’rilagichlar keng qo’llanilmoqda. CHunki bu to’g’rilagichlarda to’g’rilangan un kuchlanish tarmoq kuchlanishining ikkala yarim davrida vujudga keltiriladi. Ancha keng tarqalgan ikkiyarimdavrli ko’prik sxema (5-rasm) tarkibiga transformator Tr, ko’prik sxema bo’yicha ulangan D1-D4 diodlar va nagruzka rezistori Rn kiradi. Tarmoq kuchlanishi uc ,biryarim davrda ikkilamchi transformatorning ikkilamchi a chiqqich v chiqqichga nisbatan musbat, D1 va D3 diodlar ochiq, D2, va D4 diodlar yopiq . B yarim davrda tok yo’nalishi chiqqich a , D1 diod, nagruzka rezistori, D3 diod va chiqqich v. Boshqa yarim davrda a chiqqich v ga nisbatan manfiy bo’lsa,D1 , D3 diodlar yopiq, D2, D4 diodlar ochiq, tok yo’nalishi v dan D4 , Rn, D2 va a chiqqich tomon yo’naladi. Bunda davrning barcha vaqtida Rn rezistordagi in tok va kuchlanish un yo’nalishida bo’ladi (5-rasm).Bu egri chiziqni Fure qatoriga yoysak (2) bo’ladi. Pulsasiya koeffisenti r =Uos l / uhsr= 2/3 » 0,67. Bir xil U2 va Rn qiymatlarida bu ikki turdagi to’g’rilagichlarni solishtirish natijasida ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rish mumkin. Ko’prik to’g’rilagichda o’rtacha to’g’rilangan tok va kuchlanish qiymatini va pulsasiyani ancha kichikligi biryarim davrli to’g’rilagichdan ancha afzal ekanligini bildiradi. Ko’prik sxemaning kamchiligi to’rtta diodning qo’llanishidadir. Hozirgi paytda ko’prik to’g’rilagichlarda kremniy diffuzion bloklar KS402- KS405 lar qo’llanilmoqda. Ular Ito’g’.o’r 0.6 dan 1 A gacha va kuchlanish Utes 100 dan 600 V gacha mo’ljalanilgan. Ular plastmassa korpusga joylashtirilgan bo’lib, og’irligi 7 dan 20 g. gacha keladi. Download 54,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling