3 - rasm. Stabilitron VAXi
Stabilitronlar past kuchlanishlarni stabillash uchun xizmat qiladi. Stabilitronlar deb, shunday yarimo‘tkazgichli diodlarga aytiladiki, uning volt-amper xarakteristikasida toki kuchlanishga kuchsiz bog‘lanish qismiga ega (3 - rasm). Stabilitronning asosiy parametrlariga Ust stabil kuchlanishinig boshlang‘ich qiymati, stabillash tokning ruhsat etilgan kichik va katta qiymati va DUst nominal kuchlanish kattaligini turg‘unligi.
Varikaplar–yarimo‘tkazgichli diodlar bo‘lib, sig‘imi teskari kuchlanish ta’siri natijasida katta o‘zgaradigan asbobdir.
Varikaplarning asosiy parametrlariga: Snom, Smax, Smin, hamda nominal aslligini aniqlochi yo‘qotish kattaligi kiradi.
Hozirgi paytda ko‘plab turli ko‘rinishdagi diodlarni sanoat ishlab chiqarmoqda. Ular to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni lug‘atlar orqali yoki maxsus adabiyotlardan bilib olishlari mumkin.
Yarimo’tkazgichli diodlarni qo’llanilishi.Yarimo`tkazgichli to`g`irlagichlar
Elektron qurilmalarni o’zgarmas tok energiya bilan ta’minlash ikkilamchi elektr ta’minot manbalari (IETM) yordamida amalga oshiriladi.
Keng tarqalgan IETM qurilma o’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmasga aylantiradi. Bunday IETM to’g’rilagichdan tashkil topib, unga quvvatli transformator (Tr), diod yoki diodlar to’plami D, tekislovchi filtr Cf va stabilizator Ct kiradi (1- rasm).
Transformator (Tr) yordamida tarmoq kuchlanishi uc dan kerakli kuchlanish qiymatini olgandan keyin, diodlar (D) o’zgaruvchan kuchlanishni to’g’rilaydi. Tekislovchi filtr Cf pulsasiyalangan to’g’rilangan kuchlanishni kerakli qiymatgacha kamaytiradi.
1-rasm. Ikkilamchi elektr ta’minot manbaining struktura sxemasi.
Tekislovchi filtrdan so’ng qo’yilgan Ct stabilizator tarmoq kuchlanishi yoki nagruzka qarshiligi Rn o’zgarganda ham kuchlanishni qurilmada o’zgarmas saqlaydi.
Ish sharoiti va talabga ko’ra to’g’rilagichning bazi bir qismlari bo’lmasligi mumkin. Masalan, agarda tarmoq kuchlanishi to’g’rilangan kuchlanishga mos kelsa, unda transformatordan foydalanmaslik mumkin. Uch fazali to’g’rilagichlarda tekislovchi filtrlar qo’llanmasligi mumkin. Chunki pulsasiya uncha katta emas. Bazi bir hollarda stabilizator bo’lmasligi mumkin.
Bir fazali boshqarilmaydigan to’g’rilagichlar. Bir fazali zanjirlarda o’zgaruvchan kuchlanishni to’g’rilash uchun biryarimdavrli va ikkiyarimdavrli to’g’rilagichlar qo’llaniladi.
Transfomatorli biryarimdavrli to’g’rilagich sxemasi 2-rasmda berilgan. Diod D nagruzkali qurilma (rezistor bilan) Rn ga va transformatorni ( Tr ) ikkilamchi chulg’amiga ketma-ket ulangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |