yarimo‘tkazgichli diod deyiladi. - Yarimo‘tkazgichli diodga yorug‘lik, havo va tashqi elektr, magnit maydonlarining ta’sirlarini kamaytirish uchun germaniy kristali germetik berk metall qobiqqa joylashtiriladi.
- Yarimo‘tkazgichli diodning shartli belgisi quyidagi rasmda keltirilgan.
- Tranzistor haqida tushuncha.
- Ikkita p–n o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘t kazgichli sistemaga tranzistor deyiladi. Tranzistor yordamida elektr tebranish lari hosil qilinadi, boshqariladi va kuchaytiriladi.
- Tranzistorni tayyorlash uchun elektron o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan germaniy kristalining ikkita tomoniga indiy kavsharlanadi. Germaniy kristalining qalinligi juda kichik bo‘ladi (bir necha mikrometr).
- Uning kovakli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita tomonidan сhiqarilgan uchlari emitter va kollektor deyiladi.
- Bunday turdagi tranzistorni p–n–p strukturali tranzistor deyiladi (9.12 a-rasm). Tranzistorning emitter sohasidagi kovaklar konsentratsiyasi, bazadagi elektronlar konsentratsiyasiga nisbatan bir necha marta katta qilib tayyorlanadi.
- Tranzistorning shartli belgisi 9.12 b-rasmda keltirilgan.
- Tranzistorning ishlashini qaraylik (9.13-rasm).
- Emitter – baza oralig‘iga ulangan B1 batareya kuchlanishi to‘g‘ri p–n o‘tishni hosil qiladi.
- Kollektor – baza oralig‘idagi B2 batareya teskari p–n o‘tishni hosil qiladi. Unda kollektorda tok qanday hosil bo‘ladi? Baza – emitter oralig‘iga qo‘yilgan kuchlanish ta’sirida kovaklar bazaga kirib keladi.
- Bazaning qalinligi juda kichik bo‘lganligi hamda unda elektronlar konsentratsiyasi kam bo‘lganligidan kovaklarning juda kam qismi elektronlarga birikadi. Ko‘pchilik kovaklar esa kollektor sohasiga o‘tib qoladi.
- Kollektorga B2 ning manfi y qutbi ulanganligidan kovaklar unga tortilib, kollektor tokini tashkil etadi. Emitter – baza zanjiridagi tok kuchi, emitter – kollektor yo‘nalishidagi tok kuchidan ancha kichik bo‘ladi. Emitter – baza yo‘nalishidagi tok kuchi o‘zgarsa, emitter – kollektor yo‘nalishida o‘tayotgan tok kuchi ham o‘zgaradi.
- Shunga ko‘ra tranzistordan o‘zgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda foydalaniladi. Tranzistorni tayyorlashda baza sifatida p-turdagi yarimo‘tkazgich olinishi ham mumkin. Bu holda emitter va kollektor sohasi n-turdagi yarimo‘tkazgichdan tayyorlanadi. Bunday tranzistorni
Do'stlaringiz bilan baham: |