Yashil energetikaga o’tishning afzalliklari begmatova Muxlisaxon Mutalibjon qizi, assistant


-rasm. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha O’zbekistonda bajarilayotgan loyihalar


Download 63.84 Kb.
bet3/3
Sana08.06.2023
Hajmi63.84 Kb.
#1463089
1   2   3
Bog'liq
14.12.2022 Termiz MI

1-rasm. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha O’zbekistonda bajarilayotgan loyihalar.
Ushbu xaritadan kelajakda biz Respublikaning qaysi hududlarida qanday elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilganligi haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Unga ko’ra biz O’zbekistonning turli viloyatlarida quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurilishi rejalashtirilgan hududlarni ko’rishimiz mumkin.[2]
2022 – yilda viloyatlarda umumiy quvvati 1900 MVt bo’lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyalari, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa 1700 MVt bo’lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo’yicha loyiha bitimlari imzolanadi.
Xususan, Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Farg’ona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1900 MVt bo’lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyalari, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa umumiy quvvati 1700 MVt bo’lgan shamol elektr stansiyalarini qurish uchun loyiha bitimlari imzolanishi rejalashtirilgan.2023 – yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1097 MVt bo’lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari va Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro (G’ijduvon va Peshku) va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1600 MVt bo’lgan 4 ta shamol elektr stansiyalari energiya ishlab chiqarishni boshlashni ma’lum qiladi.
O’zbekiston sharoitida ko’p joylarga shamol elektr stansiyasini qura olmaymiz. Buning asosiy sabablaridan biri O’zbekistoning barcha hududlarida doimiy shamol kuzatmasligidir va ba’zi hududlar borki ular tog’ va qirlar bilan o’ralgan. Shamol generatorini ishga tushirish uchun shamolning tezligi kamida 5 m/s ni tashkil etishi kerak va bu qurilmaning atrofida shamol oqimini to’sib qo’yadigan va yo’nalishini o’zgarishiga sabab bo’ladigan balandliklar bo’lmasligi kerak.
Hozirgi kunda O’zbekiston sharoiti uchun quyosh elektr stansiyalarini qurish maqsadga muvofiqdir. Buning asosiy sabablaridan biri O’zbekiston hududida 365 kundan deyarli 300 kunida doimiy quyoshli kunlar mavjudligidir. Quyosh nuri va radiatsiyasi quyosh panellari uchun eng muhim omildir. O’zbekiston hududida ushbu panellar bo’yicha barcha viloyatlarda ko’zda tutilgan natijalarga erisha olamiz. Qanchalik quyosh nuri va radiatsiya quyosh paneliga ko’p tushsa uning FIK (foydali ish koeffisienti) shunchalik yuqori bo’ladi.
O’zbekistonda ilk quyosh elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu elektr stansiyaga jami 292 mingta quyosh paneli, 600 dan ortiq invertorlar va 1000 km dan ortiq turli kabel mahsulotlari ishlatilishi haqida ma’lumot berilgan. Navoiy Nur quyosh elektr stansiyasining yillik elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 100 MVt tashkil etishi rejalashtirilgan. [3]
2022-yilga kelib O’zbekiston Respublikasida Elektr energiyasining yillik sarflanishi 21 milliard KVt/soatni tashkil etmoqda. Biz noan’anaviy elektr stansiyadan jami 6397 MVt elektr energiya olishimiz mumkun. Bu shuni ko’rsatadiki O’zbekistonda ham boshqa davlatlar singari noan’anaviy elektr stansiyalarga katta e’tibor qaratilayotganini va yaqin kelajakda butunlayga an’anaviy elektr stansiyalarimizdan vos kechishimizni anglatadi. [4]

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Agilar, C. (sf). 5 Muqobil energiyaning afzalliklari va kamchiliklari. Qayta tiklandi: calefaccion-solar.com

  2. O‘zbekistondagi ilk quyosh elektr stansiyasi - eksklyuziv reportaj https:///kun.uz/uz/news/2021/06/17/ozbekistondagi-ilk-quyosh-elektr-stansiyasi-eksklyuziv-reportaj

  3. “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari

  4. Charles Brown Noan'anaviy energiya: xususiyatlari, turlari va afzalliklari

  5. Shirake Z.E. Теплоснабжение: — М.: Энергия, 1979.

Download 63.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling