Yashil iqtisodiyot


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana20.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1040658
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
barqaror-rivojlanishni-ta-minlashda-yashil-iqtisodiyot-ning-o-rni

2022 
№ 3
304 
Birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va 
sifatini oshirish uchun moddiy ne‟matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-
muhitga zarar yetkazmasdan ko„paytirib borish lozim. 
Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari 
kerak bo„ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko„paytirish, jamoat 
transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan 
binolarni barpo qilish kabi yo„nalishlarda ishlarni olib borish. 
Uchinchidan, atrof muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan
ekologik toza texnologiyalarni yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga 
ham alohida ahamiyat berish lozim bo„ladi.
To„rtinchidan, bir tomondan, tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda inson 
ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta‟minlash maqsadida ne‟matlarni 
ishlab chiqarishni kengaytirishni tabiiy resurslarni kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini 
ham ko„rish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Beshinchidan, aholining doimiy o„sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun qancha 
ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kimga mo„ljallab ishlab chiqarish masalasiga atrof-
muhitni asragan holda katta ahamiyat beriladi. 
XULOSA 
Xulosa qilib aytadigan bo„lsam, atrof tabiiy muhit holati sifatini yaxshilash maqsadida 
amalga oshirilayotgan siyosatning ustuvor maqsadlariga erishish uchun ekologiya sohasidagi 
barcha nazorat funksiyalari ta‟minlanishi, atrof muhitni muhofaza qilish ekspertlari uchun 
yagona metodologiya ishlab chiqilishi, ekologik jihatdan ahamiyatli bo„lgan qarorlarni qabul 
qilishda jamoatchilik fikrini o„rganish mexanizmini yaratish, shuningdek, o„quv darslariga 
ekologiya, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish yuzasidan ilmiy manbalar kiritish orqali eko-
ta‟lim berish tizimini rivojlantirish va bu sohada yetakchi malakali kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash dasturlarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling