Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes
Download 364.5 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot nazorat ishi Uslubiy ko\'rsatma (2)
KIRISHKadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. “Mikroiqtisodiyot” fani, talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, iqtisodiy hodisala va jarayonga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Ushbu fan bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarni xo`jalik yuritish faoliyatini ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo`llarini, talabalarga o`rgatishda qo`l keladi. Shuningdek “Mikroiqtisodiyot” fani fundamental fanlardan biri bo`lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o`rganishda asos bo`lib xizmat qiladi Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: - bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari va qonunlari haqida, inson ehtiyojining cheksizligi va resurslarning cheklanganligi to’g’risida, talab va taklif nazariyasi asoslarini o’rganish,asosiy mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, inflyasiya uning kelib chiqishi, yangi talab va taklif, investitsiya tushunchalarini bilishi kerak; - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda talab va taklif tahlilini, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning bozordagi munosabatini, moliyaviy imkoniyatini, mikroiqtisodiy muammolarni, talab va taklif muvozanatini, mehnat bozorini shakllantirishni, ishchi kuchidan samarali foydalanishni, iqtisodiy o’sish omillarini, tashqi iqtisodiy faoliyatni belgilash bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak; - talabalar korxonalarda islohotlarni o’tkazish va chuqurlashtirish bo’yicha iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi, ishlab-chiqarishga tadbiq etish va bilimlarni vujudga keladigan muammolarga tadbiq etishi, muammolarni yechish usullarini bilishlari, korxonalarda iqtisodchi-buxgalter mutaxassisi sifatida ishlash uquvi, bozor iqtisodiyotining mikroiqtisodiy asoslari, mahsulot va daromadlarni doiraviy aylanishi, jamg’arma, investisiya va moliya bozori, milliy daromad va milliy mahsulot tengligi, milliy xisobchilik tizimida yangi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulotlarni aniqlash malakalariga ega bo’lishlari kerak. Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil o’zlashtirish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo’yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o’zlashtirish uchun yo’l yo’riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Download 364.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling