Yashil iqtisodiyotga o‘tish zarurati va istiqbollari yuldasheva Nilufar Abduvaxidovna Farg‘ona politexnika instituti, Menejment kafedrasi dotsenti Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent


Download 66.95 Kb.
bet2/6
Sana03.12.2023
Hajmi66.95 Kb.
#1799590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof

Adabiyotlar sharhi. Yashil iqtisodiyot bo‘yicha fundamental ishlardan biri mashhur ingliz iqtisodchilari D.Pirs, A.Markandiya, E.Barbierlarning “Yashil iqtisodiyot loyihasi” paydo boʻldi1.
M.I.Aselyanuning tadqiqotida barqaror rivojlanishga asosan yashil ish o‘rinlari orqali erishilishi ko‘rsatiladi2.
Barqaror rivojlanish nazariyasiga, ekologik va iqtisodiy rivojlanish hamda yashil iqtisodiyotga oʻtish xususiyatlarini oʻrganishga J.Saks, J.Tomkin, M.Auffhammer, A.Kryuger, E. Lang, E. Leff, P. Sukhdev, M. Weitzman, T.A.Akimova, S.N.Bobilev, V.I.Danilov-Danilyan, N.N.Marfenin, T.V.Uskova, E.A. Shvarts, N.N. Yashalova katta hissa qoʻshgan olimlar sanaladi.
Yashil iqtisodiyot xalqaro ekspertlar tomonidan barqaror rivojlanishning asosiy komponentlarini (iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik) uyg‘un muvofiqlashtirishni ta’minlashga mo‘ljallangan barqaror rivojlanishning yangi vektori sifatida qaraladi.
M.V.Tereshinaning ta'kidlashicha3, yashil iqtisodiyot konsepsiyasi amaldagi iqtisodiy modeldan sezilarli darajada farq qiladi va ular bilan mutlaqo bir xil bo‘lmasa ham, barqaror rivojlanish nazariyasi tamoyillariga asoslanadi.
Ijtimoiy adolat, inklyuziv o‘sish va farovonlik iqtisodiyoti nazariyalari asosida yashil iqtisodiyot biznes amaliyotida va tijorat tuzilmalari faoliyatining asosiy kontseptual qoidalarini amalga oshirishda amalga oshirilishi mumkin.
So‘nggi paytlarda inklyuziv barqaror o‘sish tushunchasi xorijda kengroq ma'lum bo‘ldi. Uning asosiy qoidalari dastlab olimlar tomonidan 20-asrning 80-yillaridan boshlab ishlab chiqilgan bo‘lib, jumladan, iqtisodiy o‘sish sur'atlari va keng ko‘lamli ijtimoiy muammolarni hal qilish o‘rtasida mustahkam bog'liqlik mavjudligi, shu jumladan jamiyatda yaratilgan daromadlarni yanada adolatli taqsimlash, aholining eng kam ta'minlangan qatlamlariga alohida e'tibor berishga urg’u berilgan4.
Tadqiqot metodologiyasi. Ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda induksiya va deduksiya, tahlil va sintez, mushohada, tarkibiy tahlil, statistik tahlil, abstrakt-mantiqiy fikrlash kabi usullar qo‘llanilgan. Maqolaning uslubiy asosi sifatida xorijiy va milliy iqtisodchi olimlarning adabiyot va maqolalari tahlil qilingan.

Download 66.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling