Yashil iqtisodiyotni baholash amaliyoti va indikatorlari


 “Yashil iqtisodiyot”ga o„tish jarayonini baholashning IHTT yondashuvi


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana15.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1704545
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MavzuYASHIL IQTISODIYOTNI BAHOLASH (1)

2. “Yashil iqtisodiyot”ga o„tish jarayonini baholashning IHTT yondashuvi. 
“Yashil iqtisodiyot”ni baholashdagi muhim yo„nalish IHTT doirasida amalga 
oshiriladigan tadqiqotlar hisoblanadi. Ushbu tashkilot tavsiyalariga ko„ra “yashil 
o„sish”ni baholash uchun besh guruhga ajratilgan quyidagi 25-30 ta 
ko„rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
- iqtisodiyotning ekologik va resurs samaradorligi (alohida e‟tibor uglerod 
samaradorligiga qaratiladi);
- tabiiy resurslar;
- atrof-muhit holati va uning hayot sifatiga ta‟siri;
- “yashil o„sish” sohasidagi siyosat va iqtisodiy imkoniyatlar; - “yashil o„sish”ning 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari.
IHTT tomonidan ishlab chiqilgan yashil o„sish ko„rsatkichlari 2017 yilda 2011 va 
2014 yillardagi ko„rsatkichlarga nisbatan yangilangan va kengaytirilgan. 2017 yil 
hisobotida asosiy e‟tibor yashil o„sishni ta‟minlashga qaratilgan siyosiy choralar 
va mehnat unumdorligini oshirishga, soliqlar va subsidiyalar, texnologiyalar va 
innovatsiyalar, xalqaro moliya oqimi bilan bog„liq tahlillarga qaratilganligi bilan 
ajralib turadi. Ushbu reytingda Luksemburg, Islandiya, Daniya, Norvegiya va 
Niderlandiya kabi mamlakatlar yetakchi o„rinlarni egallashgan bo„lsa, IHTTga 
a‟zo bo„lmagan mamlakatlardan Kolumbiya va Kosta-Rika yashil o„sishni 
ta‟minlashda sezilarli ijobiy natijalarga erishganligi qayd etilgan
2
.
IHTT “yashil o„sish” ko„rsatkichlari uslubiyati asosida ishlab chiqarish 
jarayonining quyidagi makroiqtisodiy modeli yotadi (1-rasm).


Bu yerda:  
1. 
Iqtisodiyotning atrof-muhit va resurs samaradorligi monitoringi 
ko‘rsatkichlari;  
2. 
Tabiiy aktivlar bazasi monitoringi ko‘rsatkichlari;  
3. 
Turmushning atrof-muhit sifati bo‘yicha monitoring ko‘rsatkichlari;  
4. 
Iqtisodiy imkoniyatlar va olib borilayotgan siyosat natijalari 
monitoringi ko‘rsatkichlari  
5. 
Iqtisodiy o‘sishning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va xarakteristikasi 
ko‘rsatkichlari.  



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling