Yaxshi tadbirkorlik imkoniyatini amalga oshirishda sanoat va bozor holatining roli
Download 154.19 Kb.
|
14-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik biznes sub`ektlarining demografiyasi.
Yaxshi tadbirkorlik imkoniyatini amalga oshirishda sanoat va bozor holatining roli Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash imkonini bermoqda. Toshkent viloyatida 2000-2019 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi 34,0 foizdan 52,7 foizga o`sib, 18,7 foiz birlikka ortgan (1-rasm). 1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi Kichik biznes sub`ektlarining demografiyasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini har tomonlama qo`llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin oshib bormoqda. 2020 yil 1 yanvar holatiga Toshkent viloyatida faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlari soni (dehqon va fermer xo`jaliklaridan tashqari) 32602 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 24828 taga yoki 4,19 barobar ko`paygan (2-rasm). 2020 yil 1 yanvar holatiga iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha 9576 ta kichik biznes sub`ektlari (jami sub`ektlarning 29,4 foizi) savdo sohasida, 7455 tasi (22,9 foizi) sanoatda, 2960 tasi (9,1 foizi) qurilishda, 4139 tasi (12,7 foizi) qishloq va o`rmon xo`jaliklarida, 2896 tasi (8,9 foizi) yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish sohasida, 427 tasi (1,3 foizi) axborot va aloqa sohasida, 507 tasi (1,6 foizi) sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda, 1292 tasi (4,0 foizi) yuk tashish va saqlash sohasida, 3350 tasi (10,3 foizi) boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda (3-rasm). 3-rasm. 2020 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha taqsimlanishi Kichik biznesning iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidagi ulushi turli xorijiy davlatlar ko`rsatkichlari bilan taqqoslanganda, Yaponiyada bu ko`rsatkich 78,0 foizni, Italiyada 71,0 foizni, Germaniyada 69,5 foizni, Buyuk Britaniyada 56,0 foizni, AQShda 54,0 fizni, Rossiyada 25,6 foizni tashkil etganligini ko`rishimiz mumkin (4-rasm). Ko`rinib turibdiki, mamlakatimizda mazkur sohaning iqtisodiyotda bo`lganlar sonidagi ulushi rivojlangan davlatlar ko`rsatkichlaridan ham yuqori darajaga yetgan. Bu mamlakatimizda aholi bandligini ta`minlash bo`yicha aniq, manzilli choralar ko`rilayotganidan dalolatdir. 4-rasm. Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning iqtisodiyotda band bo`lganlarning umumiy sonidagi ulushi Download 154.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling