Yaxshi tadbirkorlik imkoniyatini amalga oshirishda sanoat va bozor holatining roli
Hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi
Download 154.19 Kb.
|
14-Mavzu
Hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi (foizda)
1-jadval ma`lumotlariga asosan 2019 yilda hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent tumanida 93,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Quyichirchiq tumanida bu ko`rsatkich 86,6 foizni va Parkent tumanida 85,7 foizni tashkil etgan. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha o`rta darajada bo`lgan Oqqo’rg’on tumanida 59.0 foizni hamda Chinoz tumanida 57,5 foizni qayd etgan. Olmaliq shahrida bu ko`rsatkich 2,0 foizni va Bekabod shaharda 4,3 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan. Qurilish. Qishloq joylarda namunaviy uylar qurish bo`yicha Hukumat dasturlarining qabul qilinishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan respublikamizda, shu jumladan qishloq joylarda qurilish ishlari hajmining barqaror o`sishini ta`minladi. Turar joylarning qurilishi bilan birga, ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari, qishloq vrachlik punktlari, umumta`lim muassasalari, xizmat ko`rsatish va servis sohalaridagi ob`ektlarning qurilishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining qurilish sohasidagi ulushi 2000 yilda 33,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 78,3 foizga yetib, 40,1 foiz birlikka sezilarli darajada oshgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilishdagi ulushi 2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 3821,4 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 78,3 foizi) yoki 2018 yilga nisbatan 3,2 foizga o`sgan. Shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2445,1 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 50,1 foizi) yoki 2018 yilga nisbatan 7,0 foizga o`sgan. Shuningdek, yakka tartibdagi turar-joylar va noturar joy obektlari qurilishida 1376,2 mlrd. so`mlik ishlar amalga oshirildi (jami qurilish ishlari hajmining 28,2 foizi) Savdo. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ulushi 2000 yildagi 74,1 foizdan 2019 yilda 90,4 foizga yetib, 16,3 foiz birlikka oshgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasi hajmidagi ulushi 2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 15747,4 mlrd. so`mni tashkil etgan (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 90,4 foizi). 2019 yil kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi o’sish sur’ati 109,9 foizni tashkil etdi. Download 154.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling