Yaxshilik va yomonlik etika fani kategoriyalari
Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog’liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o’z ichiga oladi
Download 276,88 Kb.
|
Yaxshilik va yomonlik etika fani kategoriyalari
Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog’liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o’z ichiga oladi.
Ezgulik va yovuzlikning yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug’ligi va tubanligini o’lchaydigan muqaddas tarozuga o’xshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning takomilga erishgan-erishmagani shu mezon bilan o’lchanadi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Gitler, Pol Potlarni yovuz insonlar, sobiq sho’rolar ittifoqini esa jamiyat sifatida “Yovuzlik saltanati” deb baholanishi buning yorqin misolidir. Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug’iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha bizga ma’lum o’zbek tilidagi barcha Etikaka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo’g’i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To’g’ri, yaxshilik tushunchasining ko’pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday “singishib ketish” mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo’la olmaydi.
Download 276,88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling