Yaxshilik va yomonlik etika fani kategoriyalari


Download 276.88 Kb.
bet5/6
Sana24.04.2023
Hajmi276.88 Kb.
#1394927
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yaxshilik va yomonlik etika fani kategoriyalari

Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mardlik, ochiqko’ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo’lgan amaliy xatti-harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag’ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun “Xazoyin ul-maoniy”dek, “Xamsa”dek buyuk asarlar yaratdi.

  • Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mardlik, ochiqko’ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo’lgan amaliy xatti-harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag’ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun “Xazoyin ul-maoniy”dek, “Xamsa”dek buyuk asarlar yaratdi.

Bu - ezgulik, u ma’lum ma’noda abadiylik xususiyatiga ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, Navoiyning o’zi bevosita ko’plab yaxshiliklar qildi – muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo’lgani holda, o’tkinchilik tabiatiga ega, shuningdek, istisnoli hollarda namoyon bo’luvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko’zlovchi, kelajakka ham mo’ljallangan, ya’ni strategik ahamiyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmui; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir.

  • Bu - ezgulik, u ma’lum ma’noda abadiylik xususiyatiga ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda, Navoiyning o’zi bevosita ko’plab yaxshiliklar qildi – muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo’lgani holda, o’tkinchilik tabiatiga ega, shuningdek, istisnoli hollarda namoyon bo’luvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko’zlovchi, kelajakka ham mo’ljallangan, ya’ni strategik ahamiyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmui; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir.

Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo’lgan ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo’lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror ob’ektga qilingan yaxshilik boshqa bir ob’ekt uchun yoki yaxshilik qilgan sub’ekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin. Mashhur o’zbek xalq ertaklaridan biridagi ovchilar quvib kelayotgan bo’rini qopga yashirib, qutqarib qolgan dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish mumkin: bo’ri o’ziga yaxshilik qilib, o’limdan qutqargan odamni emoqchi bo’ladi, xayriyatki, tulki dehqonning joniga oro kiradi.

Download 276.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling