Yayra Sa'dullayeva: Kichkintoy qalbi Vatan ichra Vatandir!


Download 51.5 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1502540
  1   2
Bog'liq
Yayra Sa\'dullayeva


Yayra Sa'dullayeva: Kichkintoy qalbi - Vatan ichra Vatandir!
Inson o'tgan bolaligini sog'inch bilan yodga soladi. Shunda o'zi ham bir zum bolaga aylanadi. Hayotini bolalar olamiga bag'ishlagan, ularning quvonchu tashvishlariga oshno bo'lgan, 80 yoshni qoralasa-da, hamon boladek sodda, beg'ubor inson - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, II darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni sohibasi Yayra opa Sa'dullayeva bilan suhbatimiz bolalar matbuoti haqida bo'ldi.
- Yayra opa, bolalar jurnalistikasi mavzusi ko'pchilikni qiziqtiradi. Siz 32 yil bolalar jurnallarida bosh muharrir bo'lib ishlagansiz. Bolalar olamini juda yaxshi bilasiz. Aytinchi, kattalar jurnalistikasi bilan bolalar jurnalistikasi orasida farq bormi? Umuman, bolalar jurnalistikasi qanday bo'lishi kerak?
Farq bor, albatta. Bolalar jurnalistikasi – qiyin soha. Mahorat bilan birga bolalarga nisbatan o’ta yaqinlik, onalarga xos mehr bo’lishi kerak. O’zini o’rab turgan muhitni, tashqi dunyoni bolalarcha ko’ra olishi muhim. Kattalar matbuotida aytiladigan sahifa-sahifa gaplarni yarim yoki biror qog’ozda ifodalashga majbursiz. Chunki, bolamning qabul qilish qobiliyati va sabri shuginaga yetadi ba’zan. Men kichkintoylarni nazarda tutayapman. Yoki, deylik bolalarga bir o’yin haqida yozmoqchisiz. O’sha o’yinni bolalar bilan birga o’ynashingiz kerak. Ana o’shandagina bolaning dilidan nima o’tayotganini, u nimani his etayotganini bilasiz, uning holatiga kira olasiz. Bolalar jurnalistining ziyrakligi ham shunda. Aytishadi-ku: “Niholni qanday parvarish qilsang, shunga yarasha hosilini olasan”, deb. Bolalar uchun yozilgan matnda (u hoh maqola bo’lsin, hoh lavha) “bugungi hayot”, “zamon talabi”, “tarbiya” kabi so’zlarni qo’llamasdan davr ruhini singdirish kerak. Har bir so’z bolani tarbiyalashga, uni to’g’ri yo’lga boshlashga hizmat qilishi lozim.
Bolalar jurnalistlarini men ezgulik targ’ibotchilari deb atagan bo’lardim. Bu sohada yozadiganlar halol, pokiza, soda va rostgo’y bo’lishlari zarur. Albatta, bolalarni ham yaxshi ko’rishi kerak.

  • Hayotingizda bolalar jurnallarining o’rni kata bo’lganligi so’zlaringizdan bilinib turibdi. Keling, endi “Gulhan”, “G’uncha” jurnallarida bosh muharrir bo’lib ishlagan davrlaringizni eslasak…

O’sha vaqtlari huddi sinchalak kabi. Epchil, dovyurak va yangilikka o’ch edim. Epchil, dovyurak va yangilikka o’ch edim. Mirzacho’lda yoshlar yetakchisi bo’lib ishlab qaytganimdan so’ng meni “Gulhan”ga bosh muharrir etib tayinlashdi. Keng dalalarda yurgan emasmanmi, xonada siqilib ketardim. Ko’nikishim oson bo’lmagan. O’zimga-o’zim “Yaxshiyamki, deraza bor ekan, atrofni tomosha qilaman. Yaxshiyamki, xonaning eshigi bor ekan, chiqib keta olaman”, deb ko’p o’ylardim. Muharrirlikni boshlaganimda bolalar hayotini yaxshi bilmasdim. Shu sababli ko’p qarama – qarshiliklarlarga duch kelganman. Lekin ana shu qarshiliklar meni pishitdi. Ishga nisbatan qaysar odamman. Bir ishni boshladimmi, uni muvaffaqiyatli yakunlashim kerak. Yetti yil “Gulhan” jurnalida bosh muharrir bo’ldim. So’ngra meni “G’uncha”ga taklif qilishdi. Ishonasizmi, shunaqa hursand bo’lganmanki…
O’sha kundan “G’uncha”ni boshqacha seva boshlaganman. Unga bor mehrimni berib ishladim. Hursand bo’lganimning yana bir boisi, ikki qizim “G’uncha” yoshida edi. Jurnalga ularning ko’zi bilan qarardim. O’shanda bolalar uchun juda qiziq bo’lgan ko’p narsalarni anglaganman. Har ikki sonning birida xodimlar bilan birga jurnalga yangilik kiritardik. Bor kuchimni, fikrimni, o’ylarimni “G’uncha”oyga berardim, agar undan ortsam, kichkintoylarga hikoyalar yozardim. Jurnal tahririyatida ishlayotgan hodimlardan juda ko’p narsalarni o’rganganman. Har son rejasini tuzayotganda, albatta, yig’ilardik. Bilasizmi, bu yig’ilishni men kata odamlar bilan emas, huddi boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkazayotgandek bo’lardim. Agar navbatdagi songa biri topishmoq bermoqchi bo’lsa, “… topinglarchi nima bu?”, - deb o’rtaga tashlardi. Tez aytish yozgan odam, oldin o’zi aytardi, hayvonlar tilidan hikoya yozgan xodimimiz huddi boladek shuni o’qib berardi. Chetdan qaraganda, bu kulguli tuyular, lekin bora – bora, men ham shularning ichiga kirib ketganman. Bu ishga bo’lgan muhabbatdan darak, aslida. Jurnalda ishlagan har bir xodim o’z ishiga nisbatan ana shunday mehrli, fidoyi edi.
Yana bitta misolni aytay. Jurnalga bolalarni ko’proq qiziqtirmoqchi bo’ldik. Bolajonlarga, “Agar sizda ko’p pul bo’lsa…” deb savol tashladik. Bu jumlani davom ettirgan maktublarning oxiri bo’lmadi. Kimdir stadion qurar edim, yana biri, velosoped olardim, yana biri mazza qilib muzqaymoq olib yerdim, deb, hullas, bolalar jurnalni sirdosh tutib, dilidagilarini izhor etdilar. Xozir shu haqda ko’p o’ylayman, o’sha vaqtdagi bolalarning orzusi hozir ro’yobga chiqmadimi? Chiqdi! Ular xohlagan kunlar keldi-ku… Qizlarimiz gimnastika, kurash bilan shug’ullanyapti, yangi bog’cha, maktab, to’garaklar, stadionlar, eh-he, endi bular orzu emas. Ularga butun mamlakat, Yurtboshimizning shaxsan o’zi e’tibor qaratmoqda, g’amxo’rlik qilmoqda. Cunki bolalarning o’sha orzulari o’zlari kabi beg’ubor edi. Shuning uchun ham ushaldi. Bolalarni orzu qilishga qo’yib berishimiz kerak.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling