Yayra Sa'dullayeva: Kichkintoy qalbi Vatan ichra Vatandir!


Download 51.5 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1502540
1   2
Bog'liq
Yayra Sa\'dullayeva

Hozirgi globallashuv davrida yangi axborot texnologilari hayotimizdan keng o’rin olmoqda. Bu texnologiyalarni qo’llashda kattalardan ko’ra bolalar uquvliroq. Ana shunday davrda

  • nashrlarning bugungi mazmuni bolalarning ehtiyojlariga javob bera oladimi?

  • Ha, bu haqda men ham ko’p o’ylayman. Gohida, yozganlarim bolalar uchun jo’n emasmikan, deb o’zimga – o’zim savol beraman. Bunga qat’iy “YO’Q”, deya javob qaytaraman. Texnika o’saveradi, yangi o’yinlar, yangi tomoshalar kirib kelaveradi. Lekin ma’naviyat qadrli bo’lib qolaveradi. So’z shakllari o’zgarishi, mazmun turli yo’sinda talqin etilishi, yangi so’zlar qo’shilishi mumkin, biroq mohiyati o’zgarmaydi. Misol uchun, buvilarimiz avvaldan aytib kelgan “Nonning ushog’I ham non”, “Kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish kerak” degan so’zlar o’zgardimi, o’zining ta’sirini yo’qotdimi? Yo’q. Hali ham o’z kuchiga turibdi. Ma’naviyat, tarbiya muloqotda, tilda, bolalar uchun yozilgan har bir matnda bo’ladi. Aytmoqchimanki, katta – katta matnlarni berib, boshida “Aziz bolajonlar!” yoki “Bolalar” deb murojaat qilish, bu – bolalarga atab yozish, degani emas. Undan ko’ra o’sha aziz kichkintoylar dunyosini, o’y-qarashlari, xohish – istaklarini matnda ask ettiring! Bolalar uchun yozilgan matnlarda o’zbek tili boyligidan ko’proq foydalanish kerak. Yana yosh avlod bilan katta avlod o’rtasida ko’proq muloqotlar tashkil etish lozim. Til boyligi o’shanda rivojlanadi. “G’uncha” jurnalining o’z tili bor. Shuni saqlash, asrash kerak. Nafislik nashrning doimiy hislati bo’lib qolishini istayman.

  • Bolalar uchun mavzu tanlashning o’zi jiddiy masala. U ijodkordan mahorat talab etadi. Shu bilan birga, bolalarning o’zlarini jurnalga jalb qilish mashaqqatli ish. Siz muharrirlik qilgan davrda buni qanday uddalagansizlar?

  • To’g’ri, bolalar e’tiborini qozonish mashaqqatli. Doim kichkintoylarga yaqin bo’lishga harakat qilardim. Gohida mavzu tanlash uchun avtobus, tramvaylarda ko’proq yoshi ulug’ odamlar oldiga borib turardim. Ayniqsa, o’zaro suhbatlarini jon qulog’im bilan eshitib, o’zim uchun, hech bo’lmaganda, bitta yangi so’z yoki mavzu topardim. Mavzuni xonada o’tirib emas, atrofdan, oddiy odamlarning gap so’zlaridan izlardim. O’sha vaqtlari tahririyatimizga ishini puxta bilgan, zo’r rassomlar jalb qilingan edi. Ularning tashabbusi bilan “O’zing yasa”, “Bizning teatr” ruknlarini tashkil etdik. Zumrad, Qimmat va boshqa ertak qahramonlarini suratini berardik. Bolalar shuni kesib olib, orqasiga karton yopishtirib teatr qo’yishardi. Rassomlarimiz har bir hikoya, she’r, topishmoq yoki maqolga chizgan suratlar bolalarga estetik zavq berardi. Bunday rasmlarni chizish oson emasdi. Bugun esa uni kompyuterning birgina “sichqoncha” si bajaryapti.Texnika qancha rivojlansa ham, qadriyatlar o’zgarmazligi, jurnal o’zining yaxshi an’analaridan voz kechmasligi kerak.

  • Bolalar nashrlarining bosh muharrirlari uchun Sizning tajribangiz mahorat maktabi sanaladi, desak, mubolag’a bo’lmas. Sizning nazdingizda, bosh muharrirlikning ham maktabi bo’ladimi? Umuman, zamonaviy bolalar nashrlari bosh muharrirlari qanday bo’lishi kerak?

  • Judayam unchalik emasdir-ov. Lekin… har qalay tajriba ish davomida ortib boradi. Nima uchun to’g’ri kelgan ijodkor bosh muharrirlikka tayinlanavermaydi? Chunki hamma ham o’z ortidan boshqalarni yetaklab ketolmaydi-da. Unda yo qobiliyat, yo tajriba kam bo’ladi. Avvalo, bosh muharrirning tahriri kuchli, o’z sohasining bilimdoni bo’lishi kerak. Yangilikni ilg’ay oladigan, xodimlariga yangi gap ayta oladigan inson bo’lishi zarur. Ikkinchidan, bosh muharrir mamlakat siyosatidan, sodir bo’layotgan jarayonlar mohiyati va tashqi dunyodan bohabar bo’lishi lozim. Uchinchidan, biron bir nashrga muharrirlik qila boshladimi, kelgan joyida ijodiy muhitni yaxshilashi zarur. Yana, bosiq, sabr – qanoatli, muomilali bo;lishi shart deb o’ylayman. Chunki, tahririyatda turli harakterdagi, turli kayfiyatdagi odamlar ishlaydi. O’shalarning hammasini bosh muharrir bir maqsad sari yetaklaydi.

    Men – yoshi ancha ulg’aygan, ammo ko’ngli hamon yosh, jo’shqin opangiz, barchangizni ijodiy kamolot, ko’tarinkilik, yurt koriga doim yarab yurishingizni tilayman.

    Suhbatdosh:


    E’tiqodxon Atakulova, O’zDJTU magistranti

    #WikiJurnalistika
    Download 51.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling