Asosiy tasdiqlar (faktlar) - Tizim xavfsiz holatda bo‘lsa "tupik"lar yo‘q.
- Tizim xavfli holatda bo‘lsa "tupik"lar bo‘lishi mumkin.
- "Tupik"lardan qochish uchun tizimning xech qachon xavfli holatga tushib qolmasligiga ishonch hosil qilish kerak.
Resurslarni taqsimlash grafida xavfli holat Bankir algoritmi (printsiplari) Muallif: E. Deykstra Birinchi marta THE operatsion tizimida qo‘llanilgan (tatbiq qilingan) - Ko‘p nusxadagi resurslar.
- Har bir jarayon o‘ziga zarur resurslarga maksimum bo‘yicha mos talabni belgilashi shart.
- Jarayon resurslarni talab qilganda kutib turish holati bo‘lishi mumkin.
- Jarayon o‘zining barcha resurslarni olganda, u cheklangan vaqt davrida ularni qaytarishi shart.
Bankir algoritmi uchun ma’lumotlar tuzilmasi n = jarayonlar soni; m = resurs turlari soni berilgan bo‘lsin - Avaliable: m vektorning uzunligi. Agar available [j] = k bo‘lsa, shu vaqtgacha Rj turidagi resurslarning k ta nusxasi ochiq bo‘ladi.
- Max: n*m matritsa. Agar Max [i,j] = k bo‘lsa, u holda Pi jarayon Rj turidagi resurslarning eng ko‘p k ta resursni talab qilishi mumkin.
- Allocation: n*m matritsa. Agar Allocation[i,j] = k bo‘lsa, u holda shu vaqtda Pi jarayonga Rj turidagi resurslarning k ta nusxasi band qilingan bo‘ladi.
- Need: n*m matritsa. Agar Need[i,j] = k bo‘lsa, u holda Pi jarayon o‘z ishini yakunlash uchun Rj turidagi resurslarning yana k ta nusxasini talab qilishi mumkin.
Need [i,j] = Max[i,j] – Allocation [i,j]. Xavfsizlik algoritmi
Do'stlaringiz bilan baham: |