Yegirish sistemalari. Yegirish maxsulotlari assotimentlari Reja


Download 95 Kb.
bet1/5
Sana20.12.2022
Hajmi95 Kb.
#1035965
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yegirish sistemalari. Yegirish maxsulotlari assotimentlari

Yegirish sistemalari. Yegirish maxsulotlari assotimentlari

Reja:





  1. Yigirish texnologiyasining tayyorlash bosqichlaridagi yangiliklar;

  2. Halqali va pnevmomexanik yigirish o’timlari yangiliklari;

  3. Ipni qayta o’rash o’timidagi yangiliklar.

Yigirish texnologiyasining tayyorlash bosqichlaridagi yangiliklar


Ip ishlab chiqarish jarayonlari murakkab jarayonlardan iborat bo’lib, asosan yigirish tizimiga bog’liqdir. Ip olish tizimi, ya‟ni yigirish sistemasida tola turiga, ipning chiziqiy zichligiga, uning nima maqsadda ishlatilishiga qarab texnologik mashinalar va ularning ketma-ketligi tanlab olinadi. Mazkur fanda texnologiyaning masalalariga uning yangi yo’nalishlari va o’zgarishlari nuqtai nazardan yondashiladi. Shuning uchun ayrim o’timlar kengroq, ayrimlari esa qisqaroq tahlil qilinadi. Xom ashyodan boshlab ip yigirishga qadar savollar asosan ikkiga bo’linib, ya‟ni ipga tayyorlov bosqichlari o’timlari va yigirish o’timlari tariqasida ko’rib chiqiladi.
Karda yigirish tizimida tayyorlov bosqichlari o’timlarida titish, tozalash, aralashtirish, tarash, piltalash va piliklash jarayonlari amalga oshiriladi. Qayta tarash tizimida qo’shimcha ravishda qayta tarashga tayyorlash va qayta tarash jarayonlari qo’llaniladi.
Yigirish texnologiyasining boshlang’ich texnologik bosqichi bo’lgan titish jarayoni hozir asosan avtotoytitkichlarda amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda toytitkichlar oldidagi stavkaga qo’yiladigan paxta toylari soni 200 tagacha bo’lishi mumkin. Eng kami qancha bo’lishi kerakligini korxona o’zi hal qiladi, chunki xom ashyoga bog’liqlik hamishadagidek juda kattaligicha qolmoqda. Ilgarilari korxonada kamida uch oylik paxta tolasi zahirasi bo’lishi shart edi. Hozirgi kunda buning iloji yo’q, chunki tolaga oldindan to’lov bilan bog’liq bo’lib, aylanma mablag’ pulini xom ashyoda muzlatib qo’yishga to’g’ri keladi. Shuning uchun korxonalar xom ashyoni juda katta hajmda sotib ololmay, faqat joriy bir oy yoki undan ham kam muddatda saralanma “lot” tuzib qo’ymoqdalar. Shuni aytish kerakki, stavkadagi toylar soni kamida 36 ta bo’lishi kerakligi ta‟kidlanadi. Agar tola loti bir yoki ikkita seleksion navdan iborat bo’lib, komponentlar kamligi uchun vaqtincha kam sonli toylar stavkasidan foydalanilsa bo’laveradi. Keyingi oyda tuzilgan lotda keskin o’zgarishlar bo’lishi natijasida olinadigan ipning fizikmexanik xossalari o’zgarib qolishi mumkin. Odatda lotdagi komponentlar ko’proq va turlicha bo’ladi, chunki hech kim faqat bir xil tolani sotib ololmaydi. Shuning uchun iloji boricha lotga ko’proq toylar qo’yilishi hisobga olinib, avtotoytitkichlar uzunligi 52 metrgacha qilib yasaladi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling