Yegirish sistemalari. Yegirish maxsulotlari assotimentlari Reja
Titish tozalash tizimi va jihozlari
Download 95 Kb.
|
Yegirish sistemalari. Yegirish maxsulotlari assotimentlari
Titish tozalash tizimi va jihozlarining keyingi bosqich texnika va texnologiyasi yangiligi tozalash bosqichining kam o’timligidadir. Odatda avtotoytitkichdan so’ng bir barabanli tozalagich, so’ngra turlicha konstruksiyadagi separatorlar, ulardan keyin arratishli tozalagichlar va aerodinamik tozalagichlar yoki changsizlantiruvchi mashinalar o’rnatiladi. Avvalgi qoziqli, pichoqli ko’p barabanli tozalagichlar qo’llanilmayapti. Ularning o’rniga samaradorligi yuqori bo’lgan mayda tishli, barabanining sirti shtiftlar yoki arra tishli garnituralar bilan qoplangan tozalagichlardan foydanilmoqda. Qoziqlar va pichoqlar ishlatilmasligi natijasida paxta bo’laklari qayta ishlashning boshlang’ich onlaridayoq mumkin qadar mayda bo’lakchalarga ajratilmoqda. Natijada tolalarni tozalash va aralashtirish jarayonlariga tayyorlash samarasi keskin yaxshilandi. Shuning uchun ham titishdan keyingi o’timlarning keskin kamayishiga erishildi. Tolalar bo’lakchalari qanchalik mayda bo’lsa, undan iflosliklarning ajralishi shuncha osonlashadi. Shuningdek, mayda bo’lakchalardan chang va kalta tolalarning ajralib chiqishi ham engil kechadi. Buni e‟tiborga olib, konstruktorlar mexanik usulda tolanitozalash bilan uni aerodinamik tozalashni uyg’unlashtirgan, ya‟ni tolani har ikkala usulda tozalash bitta uskunada bajarilishi ta‟minlanadi. Natijada ikki xil usulda tozalash uskunalari ketma ket o’rnatilmay ko’pincha bitta mashinadan foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda tozalash bosqichida tolalarni chang va mayda zarralardan ajratish, ya‟ni aerodinamik usulda tozalash jihozlariga ham katta e‟tibor berilib, maxsus separatorlar hamda mashinalar yaratilgan. Shuni ta‟kidlash kerakki, titish jarayoni tola tutamchalarini alohida tolalarga ajratish, ya‟ni tarash jarayonida yakunlanadi. Shuning uchun tarashga katta ahamiyat berilib, u uzluksiz rivojlantirimoqda. Tarash tezligi oshishi bilan yangidan yangi muammolar paydo bo’lib, shlyapkali tarash mashinasida ta‟minlashdan to pilta shakllantirib uni taxlashgacha taraqqiy ettirishga turtki bo’lmoqda.
Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling