4. Qoziqli poydevor varianti


Download 147.04 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi147.04 Kb.
#1471168
  1   2   3
Bog'liq
Grunt kurs ishi 2-qism (Qoziqlar)


4. Qoziqli poydevor varianti




4.1. Qoziqli rostverk tovonining joylashishi chuqurligini tayinlash


Rostverk plitasining qabul qilingan hp = 1,5m qalinligi uchun uning joylashish chuqurligi quydagiga teng:


d = 0,5 + hp = 0,5 + 1,5 =2m.


4.2. Qoziqli poydevor xili va sxemasini tayinlash


Modomiki, rostverk plitasi grunt qatlamida joylashayotgan ekan, demak vertikal bog‘lanishlarga ega bo‘lgan qoziqli past rostverk qabul qilinmoqda (4.1-rasm).




4.3. Qoziqli poydevorning asosiy o‘lchamlarini tayinlash




4.3.1. Qoziqli rostverkning qabul qilingan xili


4.2-band ma’lumotlarga muvofiq past rostverkli poydevor qabul qilinmoqda.


4.3.2. Qoziqli rostverk materialini tanlash


[13] ning 3.19-bandiga va [15] ning 2.7-bandiga muvofiq B 20 va Rb = 10,5 MPa bo‘lgan og‘ir beton qabul qilinmoqda.




4.3.3. Qoziqning turi, kesimi, dastlabki uzunligi va botirish usulini tanlash


Qoziqli past rostverk uchun seysmiklik 9 ball bo‘lganda, ko‘ndalang kesimi 35 × 35sm bo‘lgan sidra yaxlit kvadrat kesimli temirbeton qoziqlar qabul qilinadi. Qoziqning dastlabki uzunligini muhandis-geologik shart-sharoitlarini e’tiborga olgan holda rostverk tovonidan hisoblanganda 6.3m chuqurlikka, qayerdaki grunt IL = 0.1 bo‘lgan 3-qatlamgacha belgilandi.


Hisobiy sxemaga muvofiq (4.1-rasm) qoziqning pastki uchi uni botirishda gruntning 3-qatlamiga 7.0m chuqurlikkacha kirib boradi, u holda [13, 7.10-b.] va [13, 11.10-b.] ga ko‘ra qoziqning dastlabki uzunligi:
L = ∑ hi + 0,5 ∙ u, m,
L = 0,5 ∙ 1,4 + (7.3 - 2) + 1 = 8,0 m.
Uzunligi 6 m bo‘lgan qoziqlar qabul qilindi.

4.3.4 Qoziqli rostverkning asosiy o‘lchamlarini tayinlash


Qoziqning qabul qilingan xili va uni rostverkka bikr qistirish uchun rostverk plitasining qalinligi kamida quydagicha bo‘lishi kerak.


hp ≥ 0,5 u + t2 = 0,5 u + 0,8 = 0,5 ∙ 1,4 + 0,8 = 1,5m. (4.3)
4.1-bandda qabul qilingan hp = 1,5 m kattalik uqtirilgan talabga mos keladi.
Rostverkning plandagi minimal o‘lchamlari:
ap = a0 + 1,0= 6,2 + 1,0 = 7,2m; (4.4)
bp = b0 + 1,0= 3.5 + 1,0 = 4.5m. (4.5)
Beton rostverkning rejadagi maksimal ruhsat etilgan o‘lchamlari:
ap, max = a0 + 2 ∙ hp tg 30º = 6,2 + 2 ∙ 1,5 ∙ 0,577 = 7,931m; (4.6)
bp, max = b0 + 2 ∙ hp tg 30º = 3.5 + 2 ∙ 1,5 ∙ 0,577 = 5,231m. (4.7)
Rostverk plitasining qabul qilingan o‘lchamlari:
hp =1,5m; ap = 7,2m; bp = 4.5m.


Eslatma: Dastlabki urinish uchun ap va bp ning minimal o‘lchamlarini qa­bul qilish maqsadga muvofiqdir.



Download 147.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling