BILAK MUSKULLARI
Bilak muskullari joylashishiga ko‘ra old, orqa va lateral guruhga ajratiladi. Bilakning oldingi guruh muskullari – yuza va chuqur qavat bo‘lib joylashgan.
YUZA QAVAT MUSKULLARI
Yumaloq pronator muskul (m. pronator teres) yelka suyagidagi medial g‘adir-budur tepachasidan, bilak suyagi g‘adir-buduri (tuberositas ulnae) dan boshlanib, bilak suyagining lateral qirrasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bilakni ichkariga buradi va bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CVI–thI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. brachialis, a. ulnaris, a. radialis.
Kaftni bilak tomonga bukuvchi muskul (m. flexor carpi radialis) m. pronator teres ning medial tomonida joylashgan bo‘lib, yelka suyagining medial g‘adir-budur tepachasidan va medial tomondagi muskullararo fassiyasidan boshlanib, ikkinchi kaft suyagining asosiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Kaftni oldinga va bilak suyagi tomonga bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: m. medianus (CVI–VII) dan.
Q o n t o m i r i: a. radialis.
Kaftning uzun muskuli (m. palmaris longus) oldingi muskulning medial tomonida joylashgan bo‘lib, yelka suyagining medial g‘adir-budur do‘mboqchasi (epicondulus medialis) va bilak fassiyasidan boshlanib, uning uzun payi bilakni pastki qismidagi retinaculum flexorum (bukuvchi muskul ushlagichi) ustidan o‘tib, kaft-pay plastinkasi (aponevroz)–aponeurosis palmaris ga yopishadi. Ba’zan bu muskul bo‘lmasligi ham mumkin.
F u n k s i y a s i. Kaft aponevrozini taranglashtirib kaftni bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. medianus (CVI–thI) dan.
Q o n t o m i r i: a. radialis.
Kaftni bukuvchi tirsak muskuli (m. flexor carpi ulnaris) bilakning tirsak suyagi tomonida joylashib, yelka suyagining g‘adir-budur tepachasi va tirsak o‘sig‘idan boshlanib, kaftning no‘xatsimon va ilmoqli suyaklariga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Kaftni oldinga va tirsak suyagi tomoniga bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ulnaris (CVII–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. collateralis ulnaris superior, a. collateralis ulnaris interior, a. ulnaris.
Do'stlaringiz bilan baham: |