Yem hashak ekinlarining o’g’itlash me’yori


Download 0.59 Mb.
bet2/5
Sana09.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1447818
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yem hashak ekinlarining o’g’itlash me’yori

Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va silfiya kiradi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ikki-uch yilda bir gektarda 200-400 kg azot va ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘hagan yerlarga ekilgan dala ekinlarining hosildorligi oshadi. Bu o‘tlar bir maydonda uzoq yillar mobaynida yetishtirilsa tuproqni shamol va ta’sirida yemirilishidan saqlaydi. Ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun bular har yili ekilmaydi hamda urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman olganda ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat tejaladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni shundan iboratki, ular tuproq muhitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, molibden yetarli miqdorda bo‘lgandagina yaxshi o‘sadi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrining oxiriga kelib uning miqdori kamayadi, tarkibida kletchatka ko‘payadi va oziq sifati pasayadi.

  • Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va silfiya kiradi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ikki-uch yilda bir gektarda 200-400 kg azot va ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘hagan yerlarga ekilgan dala ekinlarining hosildorligi oshadi. Bu o‘tlar bir maydonda uzoq yillar mobaynida yetishtirilsa tuproqni shamol va ta’sirida yemirilishidan saqlaydi. Ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun bular har yili ekilmaydi hamda urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman olganda ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat tejaladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni shundan iboratki, ular tuproq muhitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, molibden yetarli miqdorda bo‘lgandagina yaxshi o‘sadi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrining oxiriga kelib uning miqdori kamayadi, tarkibida kletchatka ko‘payadi va oziq sifati pasayadi.

Beda

  • Beda
  • Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Beda O‘zbekistonning va Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan yerlarida ko‘p ekiladigan ko‘p yillik, serhosil dukkakli yem-xashak o‘simliklaridan biridir. Bedadan xilma xil oziqalar tayyorlash mumkin. Undan tayyorlangan ozuqalar oson hazm bo‘ladi, qishin-yozin ishlatiladi. Pichan tayyorlash uchun g‘unchalash fazasida o‘rilgan bedaning quruq massasi tarkibida 21,9%, gullash fazasida o‘rilganida 16,8% oqsil bo‘ladi. Pichani tarkibida 1,49% kalsiy , 0,24% fosfor va 0,18% oltingugurt bo‘ladi. qiladi. Beda tarkibida oqsil, ko‘p miqdorda kalsiy, fosfor va vitaminlar, ayniqsa karotin va vitamin S ko‘p bo‘lgan yem-xashak ekinidir. Bedaning ko‘kati sersuv bo‘ladi, chorva mollarini semirtiradi va suyagini baquvvat qiladi.
  • G‘o‘za almashlab ekishda beda juda katta ahamiyatga ega. Beda ekilgan maydonlarda tuproq qayta sho‘rlanmaydi, g‘o‘zaning vilt bilan kasallanishi keskin kamayadi va paxta hosilini ancha oshirish uchun qulay sharoit vujudga keladi. Beda agrotexnik ahamiyatga ega, tuproqning unumdorligini oshiradi, chirindi miqdori ko‘payadi, tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalari yaxshilanadi, tuproqdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati yaxshilanadi, undan keyin ekiladigan ekinni hosildorligi oshadi.
  • Beda qadimdan ekilib kelinayotgan ekin, Yer yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 30 mln. ga teng. Vatani Osiyo mintaqasi. O‘zbekistonda bedaning ko‘p turlari tarqalgan. Pichan hosili bedaning yoshiga qarab 20-200 s/ gacha bo‘ladi. Sug‘oriladigan yerlarda 5-7 marta o‘riladi.
  • O‘zbekistonda bedaning navlari keng tarqalgan bo‘lib, hozirda Bahmal, Samarqand, Tashkentskaya-721, Uzgen, Tashkent-3192, Xiva bedasi va ko‘pchilik mahalliy navlar ekilmoqda.

  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling