О‘g‘itlash. Beda oziqaga talabchan o‘simlik. 1 gektarga 10-15 t go‘ng, 90-120 kg forsor va 50-75 kg sof kaliy solinadi. Bu o‘g‘itlarni hammasini yer haydashdan oldin solinadi. Bedaning boshlang‘ich rivojlanish davrlarida tuproqdagi azot yetarli bo‘lmasa oz meyorda (20-30 kg) azot qo‘llaniladi. - О‘g‘itlash. Beda oziqaga talabchan o‘simlik. 1 gektarga 10-15 t go‘ng, 90-120 kg forsor va 50-75 kg sof kaliy solinadi. Bu o‘g‘itlarni hammasini yer haydashdan oldin solinadi. Bedaning boshlang‘ich rivojlanish davrlarida tuproqdagi azot yetarli bo‘lmasa oz meyorda (20-30 kg) azot qo‘llaniladi.
- Beda sharoitga qarab bahorda, yozda va kuzda ekiladi. Beda yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab ekiladi. Qatorlarning orasi 13-15 yoki 6,5-7,5 sm qilib ekiladi. 1 gektar yerga 12-18 kg urug‘ sarflanadi. Bundan tashqari beda bilan suli, arpa, bug‘doy qo‘shib ekiladi, bu ekinlarning urug‘i 1 gektarga 40-60 kg dan ekiladi. Beda urug‘ini ekish chuqurligi 1-3 sm.
- Ko‘kat va pichan tayyorlash uchun beda shonalash davrini oxirida va gullash davrini boshlarida o‘riladi. Urug‘ olish uchun dukkaklari 70% yetilganda o‘riladi va xirmonda quritilib yanchiladi. Urug‘ining namligi 13% dan oshmasligi kerak.
Qizil sebarga - Qizil sebarga
- Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Qizil sebarga ko‘p yillik dukkakli o‘t bo‘lib, bu ekinlardan ko‘kat, pichan, silos va pichan uni tayyorlanadi. 1 kg pichan tarkibida 0,55 ozuqa birligi va 70 g oqsil bo‘ladi. Uning quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1% yog‘, 43,9% karbon suvlari, 1% mineral moddalar (asosan kaliy) bor.
- Qizil sebarga agrotexnik ahamiyatga ham ega, tuproqda organik modda va 100-200 kg biologik azot to‘playdi. Kalsiy va azotga boy ang‘iz qoldiqlarini to‘playdi. Qizil sebarga Yer yuzida keng tarqalgan, ko‘proq nam yetarli bo‘lgan mintaqalarda ekiladi. Qizil sebarga Yer yuzida 20 mln. gektardan ortiq yerga ekiladi. U AQSH, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Angliya, Fransiya va Rossiyada ko‘plab ekiladi. Mamlakatimizda qizil sebarga o‘tloqi tuproqlarda, sholichilik xo‘jaliklarida ekilmoqda.
- Botanik xususiyatlari. Qizil sebarga dukkaklilar oilasiga va Trifolium avlodiga mansub bo‘lib, 300 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Shulardan 8 ta turi ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan turi Trifolium pretense-qizil sebarga hisoblanadi. Qizil sebarga ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ammo uzoq yashamaydigan o‘simlikdir, u 2-3 yil yashaydi. Qizil sebarganing 5 ta tur xili mavjud bo‘lib ulardan 2 tasi ko‘proq ekiladi. Bular bio o‘rimli shimoliy va ikki o‘rimli janubiy sebarga. Qizil sebarganing ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, yo‘g‘onlashgan ildiz va bir talay ingichka ildizchalardan iborat. Ildizning asosiy qismi 30-40 sm chuqurlikda joylashadi. Ayrim ildizlari esa 1-1,5 m chuqurlikkacha kirib borishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |