Ko‘k beda (Medicago sativa) -ko‘p yillik o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yon ildizlari baquvvat rivojlangan. Birinchi yili uning ildizi tuproqqa 2-3 m, keyingi yillarda hatto 10 m gacha chuqur kirib boradi. Ildizining yuqori qismida ildiz bo‘g‘zi bo‘lib, u koronka deb ataladi. U bosh poyaning juda o‘sib ketgan pastki qismidir. Unda kurtaklar shoxlanib, ulardan yangi poya rivojlanadi. Koronka o‘sib, ildiz bilan birga tuproqga ba’zan 7-10 sm chuqurga kirib boradi. Koronka ham ildizlar singari o‘simlikni butun hayoti davomida saqlanadi. Poyasi o‘tpoya, sershox, yashil rangda, 10-20 ta bo‘g‘im oralig‘i bor. Har tup o‘simligida 2-3 tadan 200-300 tagacha poya bo‘ladi. Ularning bo‘yi 40-100 sm bo‘lib, 150 sm ga yetishi mumkin. Poyani ichi o‘zak bilan to‘la, usti tuklangan. - Ko‘k beda (Medicago sativa) -ko‘p yillik o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yon ildizlari baquvvat rivojlangan. Birinchi yili uning ildizi tuproqqa 2-3 m, keyingi yillarda hatto 10 m gacha chuqur kirib boradi. Ildizining yuqori qismida ildiz bo‘g‘zi bo‘lib, u koronka deb ataladi. U bosh poyaning juda o‘sib ketgan pastki qismidir. Unda kurtaklar shoxlanib, ulardan yangi poya rivojlanadi. Koronka o‘sib, ildiz bilan birga tuproqga ba’zan 7-10 sm chuqurga kirib boradi. Koronka ham ildizlar singari o‘simlikni butun hayoti davomida saqlanadi. Poyasi o‘tpoya, sershox, yashil rangda, 10-20 ta bo‘g‘im oralig‘i bor. Har tup o‘simligida 2-3 tadan 200-300 tagacha poya bo‘ladi. Ularning bo‘yi 40-100 sm bo‘lib, 150 sm ga yetishi mumkin. Poyani ichi o‘zak bilan to‘la, usti tuklangan.
- Barglari yonbargcha, barg bandi va 3 talik bargcha va yon bargdan iborat. Bargchalari qisqa bandli bo‘lib, och yashil yoki to‘q yashil rangli. To‘pguli ko‘p gulli shingil, ikki jinsli changchi va urug‘chidan iborat. Guli qisqa bandli bo‘lib, asosida 2 tadan ipsimon gul yon bargchasi bor. Ikki jinsli bo‘lib, kosacha barg, gultoj, changchi va urug‘chidan iborat. Kosacha bargi yashil, besh tishli. Changchisi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi changchi iplari bilan qo‘shilib o‘sadi va changchi nayini hosil qiladi. Gultojisi och binafsha yoki och ko‘k rangda.
- Mevasi ko‘p urug‘li dukkak bo‘lib, urug‘i buyraksimon-bukilgan shaklda, och sariq rangda bo‘ladi. 1000 donasining vazni-1,8-2 g keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |