Fotomarradagi hakamlar fotomarra tizimiga biriktirilgan maxsus uskunalar yordamida yugurish hamda yurish bo’yicha natijalarni: ishtirokchilarning marraga etib kelish tartibi va ularning masofani o’tgan vaqtini aniqlaydilar. Masofa hamda to’siqlar oldidagi hakamlar: masofa bosib o’tilishi, estafeta tayoqchasining uzatilishi va g’ovlardan oshib o’tish to’g’ri bajarilayotganligini kuzatadilar, qulagan g’ovlar o’z vaqtida joyiga qo’yilishini nazorat qiladilar. Shamol tezligini o‟lchovchi hakamlar 200 m.gacha masofalarga yugurish hamda uzunlikka va uch hatlab sakrash bo‟yicha musobaqalar o’tkazilayotgan vaqtda maxsus uskunalar yordamida yugurish yo’nalishidagi shamolning o’rtacha tezligi kattaligini aniqlaydilar. Sakrash va uloqtirish bo’yicha hakamlar Sakrash va uloqtirishlarning har bir turi bo’yicha musobaqalar o’tkazish uchun katta hakam, o’lchovchi hakamlar hamda kotibdan iborat hakamlar guruhi tayinlanadi. Musobaqa o’tkaziladigan joylar, jihozlar va asbob-uskunalarni tayyorlash xizmati hakamlari Jihozlar va asbob-uskunalar bo’yicha hakamlar: yugurish yo‟lakchasi, sakrash va uloqtirishlar bo’yicha musobaqalar badan qizdirish mashqlari o’tkaziladigan joylarda belgi chiziqlari to’g’ri chizilganligini tekshiradilar; - jihozlar markirovkasini tekshiradilar; - musobaqalar o’tkaziladigan joylarga jihozlar va asbob-uskunalarni etkazib berish hamda ularni yig’ib olish ishlarining reja-jadvalini tuzadilar. Statistika va rekordlar guruhi turli statistik ma’lumotlarning hisob-kitobi bilan shug’ullanadi; - yangi rekordlar, sport ustasi va halqaro toifadagi sport ustasi unvonlari uchun me„yorlarning bajarilishini kuzatadi; - rekordlar tekshirilganidan keyin hakamlar hujjatlarini qabul qilib olish guruhidan olingan ishtirokchilar varaqalarini ularga ishlov beruvchi guruhga jo’natadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |