Yengil atletika turlari texnikasini o’rgatish
Download 55 Kb.
|
1-Yengil atletika turlari texnikasini o’rgatish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurish texnikasi asoslari.
- Uloqtirish texnikasi asoslari.
- Snaryadni tutish.
- Yugurib kelishga tayyorgarlik va yugurib kelish.
- Oxirgi kuch berishga tayyorlanish Oxirgi kuch beri tuxtatish fazasi.
- Sn a ryadning uchib chiqishi v a uchishi.
Yengil atletika turlari texnikasini o’rgatish Yengil atletikaning kupchilik turlari (yugurish, o`zunlikka, balandlikka sakrash, granata uloqtirish va boshqalar shunchalik tabiiyki, ularni xatto endi boshlayotgan sportchilar ham qiynalmay bajara oladilar. Yengil atletikaning har qanday turida bu mashqlarni bajarish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnikasi bor sportchilargina muvaffaqiyatga erisha oladi.Takomillashgan texnika deganda, eng yaxshi natijalarga erishishga imkon beradigan sport mashqlarini bajarishning engratsional va eng samarali usullari tushuniladi.Sport texnikasi harakatlar shakligina emas. Yengil atletika mashqi qanday usulda bajarilmasin, u har doim sportchining ongiga , uning irodaviy va jismoniy fazilatlariga ma`lum malakalarga , organ va sistemalarining funksional tayyorgarlik darajasiga, tashqi muxitning ma`lum sharoitidagi harakat faoliyatiga bog`liqdir. Har bir yengil atletik mashqning o`z shakli va mazmuni bor. Mashq shakli- harakatlarning, yo`nalishlarning, amplitudalarning, ayrim zvenolar tezligining,sur`atining, ritmining va yaxlit faoliyatidagi bir vaqtda va ketma-ket ijro etiladigan harakatlar muayyan mosligining kinematik to`zilishidir. Yugurish, sakrash va uloqtirish texnikasi biomexanika nuqtai nazaridan ratsional bulishi kerak. Harakat yoki ishni erkin , yengil ortiqcha qiynalmay bajaradigan bulishi juda muxim. Xatto maksimal kuchlanish kerak xatto maksimal kuchlanish kerak. Sportchining nafas olishi – sport texnikasining uzviy qismidir. Nafas tezligi va chuqurligi , nafas olish va chiqarish fazalarining davom etish vaqti va pauzalar harakat yo`nalishi, amplitudasi va ritmi bilan, sportchiga qanchalik zur kelayotgani bilan shartli-reflektor bog`liqdir. Sport mashqlari texnikasini ma`lum sharoitlarda yaxlit ishni bajarish usuli, deb bilmoq kerak. Shuning uchun ham yengil atletikachi harakatlarni boshqarish to`g`risidagina emas, balki konkret sharoitda uning hamma psixik va jismoniy faoliyatini boshqarish xakida ham gapirsa buladi. Sport texnikasini o`rgatish va uni analiz qilishni yengillashtirish uchun yaxlit harakatlarni –yugurish, sakrash, uloqtirish - qismlarga, fazalarga, momentlarga bulish mumkin. Yurish texnikasi asoslari. Yurish va yugurish – inson bir joydan ikkinchi joyga kuchishining tabiiy usulidir. Buning asosi qadam (odim)dir. Qadam vositasida odam oyoq muskullaridan foydalanib, erdan depsinib siljiydi. Yurish va yugurish vaqtidagi qadamlar va ularga bo`gliq bo`lgan qo`l va gavda harakatlari tuxtovsiz bir tartibda kup marta takrorlanadi. Bunday takrorlanuvchi harakatlar siklik harakat deyiladi. Kush qadam (ung oyoqda bir qadam va chap oyoqda bir qadam) bir siklni tashkil etadi. Yurib ketayotgan odam harakat bir sikli davomida erga bir oyog`iga tayangan payti (yakka tayanch) ham, yoki ikala oyogida tayangan payti (kush tayanch) ham buladi.Qush qadam davomida har qaysi oyoq bir gal tana uchun tayanch (tayanch oyoq) bulib xizmat qilsa , bir gall silkinib oldinga o`tadi (silkinch oyoq). Tayanch paytida oyoq tana og`irligini ko`tarib turadi, uni tutib turadi va olga tomon turtib yuboradi. Yugurganda va yuguruganda oyoq va qo`l bir-biri bilan kesishib o`tadigan yo`nalishda harakat qiladi. Elka kamari bilan tos bir-biriga intilib, murakkab harakat qiladi. Oyoq olga turtishi (depsinish) oxirida tosning oldingi og`ishi sal ko`payadi. Uloqtirish texnikasi asoslari. Sportcha uloqtirishdan maqsad–uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma`lum qoidalarga rioya qilib, asbobini mumkin qadar uzoq masofaga tashlashdir. Uloqtirish – gayrisiklik mashq bulib, uloqtiruvchidan katta asab – muskul va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Bu siz yuqori sport natijalariga erishishi mumkin emas. Sport snaryadlarning uzoqroqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga anchagina bog`liqdir. Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexanikaning umumiy qonunlariga buysunadi. Sport snaryadlarining konsruksiya xususiyatlariga va musoboqa qoidasiga qarab, uloqtirish texnikasi bir-biridan farq qiladi. Har qanday jismining uchishi masofaning uzoqligi uning boshlang`ich uchish tezligiga, uchib chiqish burchagiga va xavo muxitining qarshiliga bo`gliq. Mexanikadan ma`lumki , xavosiz bushlikda gorizontga nisbatan burchak xosil qilib tashlangan jismning uchish uzoqligi boshlang`ich tezligi miqdori kvadratini ikkilangan uchib chiqish burchagi sinusiga kupaytirib, buni og`irlik kuchining tezlanish miqdoriga bulinganiga teng. Bu qonuniyatlar sportcha uloqtirish uchun ham taaluqlidir. Ammo havo qarshiliginig snaryadni uchib chiqish joyi erga tushish joyi bir-biridan qanchalik past baland ekanligini va snayardning adrodinamik xususiyatlarini xisobga olish kerak. Snaryadni tutish. Snaryadni qo`l tushish va uni uloqtirish paytida olib yurish snaryadni to`zilishi va uloqtirish texnikasiga bog`liq. Snaryadni tutish uloqtirishning barcha harakatlarini yaxshi bajarishga kuch va qo`l barmoqlari uzunligidan uloqtirish paytigacha, uloqtiruvchi qo`l muskullari sal bushashgan bulishidan tuliq foydalanishga va uloqtirish vaqtida harakatlarni yaxshi ko`zatishga yordam beradi. Snaryadni tutish usullari ularni tuzilishiga va uloqtirish texnikasiga uloqtiruvchilarning xususiyatlariga bo`gliq. Yugurib kelishga tayyorgarlik va yugurib kelish. Aylanib uloqtirishning barcha turlarida yadro itqitishda yugurib kelishga dastlabki harakatlar bajariladigan, bundan asosiy maqsad va butun e`tiborni uloqtirishga , yugurib kelishni to`g`ri boshlash uchun zarur bulgan xolatda tura bilishga jalb qilib, keyingi harakatlarni bajarilishi yengillashtirishdir. Bosqon uloqtirishda bu harakatlar aylanma harakatlar boshlanguncha bosqon shariga katta tezlik berishiga xizmat qiladi. Yugurib kelish aylanma shaklda bajarilgan. Uloqtiruvchi snaryadning to`g`ri chiziqli tezligini oshiradi. Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad buyilan harakat qilayotgan uloqtiruvchining tezligi uloqtirishning boshlang`ich fazasiga tobora usib borishi kerak Yugurib kelish xaddan tashqari tez bulganda harakatni nazorat qilish va Oxirgi kuch berishni to`g`ri bajarish mumkin. Bulmay qolishi to`g`ri yugurib kelib uloqtirganda ham snaryadning uzoqqa borishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Faqat yugurib kelish yoki Oxirgi kuch berish hisobiga snaryadni maksimal uzoqqa uloqtirib bulmaydi.
Shu bilan birga, Oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi shunday xolatda turishi kerakki, u xolat Oxirgi fazani snaryad eng katta tezlik bilan uchib chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin. Uloqtirishning kupchilik turlaridan uloqtiruvchining snaryadni Ayni qo`ldan chiqarishgacha bulgan oraliq xolatlarning umumiy jixatlari kup. Bu oraliq xolatlar uchun uloqtirayotganda gavda , oyoq mushaklaridan to`liq foydalanish maqsadida umumiy o.m bir qancha pastga tushishish harakterlidir.U.o.m. Oxirgi kuch berish oldidan oyoq-larni ma`lum kenglikda va bo`kib qo`yilishi hisobiga pasayadi. Oxirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va snaryadni qo`ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlari siljish tezligining o`zgarish harakteri umumiydir.Buni sxematik tasavvur etsa ham buladi. Uloqtiruvchining snaryad bilan birga dastlabki tezligi (yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib kelish). Tezlikning umumiy oshirilishi (tezlanib yugurib kelish). Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va snaryadga nisbatan gavdaning pastki qismlari tezligi oshirish (Oxirgi kuch berishga tayyorlanish). Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlatib gavdaning yuqori qismlari bilan snaryadlar harakatini tezlatish (uloqtrish xolatiga o`tish va oyoqlarni keskin to`g`rilab uloqtirish). Olg`a intiluvchi va aylanma harakatlarning tuliq tuxtalishi. Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o`zi o`zaro bo`gliq bulib, uni uloqtiruvchining bir xolatdan ikkinchi xolatga oddiygina utishi deb bulmaydi. Bunda oyoqlar gavda, uloqtiruvchi va bush qo`l qanday xolatda ekanining barcha detallari bir-biriga aloqador bulib, buning muxim ahamiyati bor. Barcha uloqtirish turlarida (bosqon uloqtirishdan tashqari, chunki bunda chap oyoq har doim erda turishi kerak) Oxirgi kuch berish chap oyoqni erga kuyguncha qadar boshlanadi. Chap oyoqni yerga qo`ygunga qadar Oxirgi kuch berish uloqtiruvchi gavdasini siljish tezligini saqlab boradigan sezilar-sezilmas harakatlardan iborat buladi. Uloqtirishda sport toyoqlarning qanchalik tez va kuchli to`g`rilanishi hamda buni gavda va qo`l harakatlari bilan moslay bilish katta ahamiyatga ega. Uloqtirish vaqtida, avval yirik muskul guruxlari , keyin esa tez qisqarish qobiliyatiga eg`a bulgan kichik muskul guruxlarida ishga tushsagina gavdani eng tez to`g`rilash mumkin. Bu harakat uloqtiruvchi gavdasining uloqtirish tomoniga yo`nalgan va asosan oyoqlarni to`g`rilash bilan kuchaya boradigan olg`a intiluvchi va aylanma harakatlarga mos bulishi kerak. Shuning uchun barcha uloqtirish turlarida Oxirgi kuch berish to`g`ri bajarilganda oyoqlar va uloqtiruvchi qo`lning to`g`rilanishi tugashi bilan bir paytda uloqtirish ham tug`aydi. Oxirgi kuch berishda qarayib hamma vaqt olga tomon yuqorilab yunalgan eng tez harakat bilan bir paytda kukrak ham uloqtirishning tomoniga buriladi. Uloqtirishning to`g`ri va usuliga qarab elka kamari bilan tos harakatidagi munosabatda ba`zi bir farqlar buladi. Yakunlovchi kuch berishni erga tayanib turganda bajarish foydalidir.Sakrab oyoqlarni faol almashtirib bir qo`llab uloqtirishda tayanchsiz xolda ham snaryadga unchalik katta bulmagan yakunlovchi kuch ta`sir ettirish (masalan panjani yozish bilan snaryadga ta`sir etish ) mumkin. Yakunlovchi kuch berishdagi uloqtirish texnikasida uloqtirish ijro etilayotgan maydoncha chegarasidan chiqib ketmay muvozonat saqlab qolish zarurati ham xisobga olinadi. Uloqtirish turiga va texnikasiga hamda musoboqa qoidalariga belgilangan shartlarga qarab, uloqtirishdagi harakat turli xil oxirlanadi. Bir qo`llab katta tezlikda uloqtirishda (har bir uloqtiruvchi shunga intilish kerak) sakrab oyoqlarni aktiv almashtirish qo`llaniladi. Bu snaryad uchib chiqqandan keyin gavda harakati keskin tuxtatib qolishga imkon beradi. Agar uloqtiruvchi yakunlovchi kuch berish paytida katta tezlik xosil qila olmasa va oyoqlari bilan faol depsina olmasa, sakrab oyoqlarni almashtirishni bir-biriga mos keltirib bulmaydi. Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. Snaryadning uchib chiqish nuqtasining balandligi va uning uloqtiruvchiga nisbatan qaysi joyda bulishi turli xil uloqtirishda turlichadir. Chunonchi, yadro, nayza va granataning uchib chiqishi qo`lning eng yuqori kutarilgan nuqasiga to`g`ri kelishi bilan birga, yadro itqitishga qo`lning tula to`g`rilanishiga ham to`g`ri keladi. Aylanib uloqtirishda (disk, bosqon) snaryadni elka buginiga yakin balandlikdan , ya`ni qo`l (yoki qo`llar) gorizontal holatga yaqinlashayotganda chiqarib yurish foydaliroq. Snaryadni oldinroq yoki kuch chiqarib yuborish, uning uchish yo`nalishini o`zgartiradi va odatda snaryad borib tushadigan masofani kamaytiradi.Oxirgi kuch berishda uloqtiruvchi kuchning snaryadga ta`siri, snaryadning uzoq uchishini ta`minlashi kerak. Buning uchun uloqtiruvchidagi kuchlar teng ta`sir etuvchisining yo`nalishi snaryadning uchib ketish burchagiga mos kelishi mumkin. Sport snaryadining uchib chiqish ketishi, yerga tushish nuqtasidan 170-200 sm va undan ham ziyotroq va undan yuqori bo’ladi. Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling