Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Download 1.12 Mb.
bet8/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Uslubiy ko‘rsatmalar: Texnikani takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) gavda va boshning harakati;
b) gavda, oyoq va qo‘llar harakati mayin, bemalol bo‘lishiga;
v) qadam yetarli darajada uzun bo‘lishiga, oyoqni olg‘a uzatish yengil bo‘lishiga (bunda oyoq tagi mumkin qadar yerga yaqin o‘tishi kerak);
g) tovonni o‘z vaqtida (erta emas) yerdan ko‘tarishga;
Sportcha yurishni asosiy xarakteri quyidagicha:
a) harakatni yuqori tezligi. Yuqori malakali sportchi 20 km li masofani soatiga 15 km tezlikda yuradi, bu oddiy yurishdan 3 marotaba ko‘pdir.
b) qadam harakatini tezligi. Sportcha yuruvchi har daqiqada 210-220 qadam musobaqa qoidasini buzmasdan bajarish lozim. Har bir qadam harakatiga 0,285-0,333 daqiqa sarflaydi.
v) qadamlarni uzunligi 110 sm ayrim yuruvchilarda 115-120 sm ni tashkil etadi.
g) tayanch oyoqni vertikal holatgacha to‘g‘ri ushlash.
d) tos harakati.
ye) qo‘llarni bukilgan holda yurish yo‘nalishiga qarab harakati
Sportcha yurishda ikki qadam sikli va tayanch holatlari. Yurish vaqtidagi qadamlar va ularga bog‘liq bo‘lgan qo‘l va gavda harakatlari to‘xtovsiz bir xilda takrorlanishiga sikl harakati deyiladi. Qo‘sh qadam (o‘ng oyoq bir qadam va chap oyoqda bir qadam) bir siklni tashkil etadi. Yurib ketayotgan sportchi harakati bir sikli davomida yerga bir oyog‘ida tayangan payti (bir tayanch), yoki ikkala oyog‘ida tayangan payti (ikki tayanch) holat deyiladi. Qo‘sh qadam davomida har qaysi oyoq bir gal tana uchun tayanch (tayanch oyoq) bo‘lib xizmat qilsa, bir gal silkinib oldinga o‘tadi (silkinch oyoq). Oyoq harakatining har davri ikki fazadan iborat. Tayanch davri oldinda tayanch fazasidan va orqa tayanch (turtish) fazasidan iborat (2-rasm). Oyoq harakatlari siklida fazalar tartibi quyidagichadir:
- oyoq qo‘yish payti.
- oldingi tayanch fazasi. Tayanch oyoqning vertikal payti. Tayanch davri.
- keyingi qadam fazasi. Oyoq yerdan uzish payti.
- keyingi qadam fazasi. Silkingan oyoqning vertikal holati.
O‘tkazish davri.
- oldingi qadam fazasi. Oyoq qo‘yish payti


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling