Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Download 1.12 Mb.
bet2/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

B.I.Ne’matov

-

JTSBMQTMO Institutining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Mazkur uslubiy qo‘llanma Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, nashrga tavsiya etilgan. (2022-yil 7-may 4-sonli bayonnoma)


Kirish
Har bir sportchi yengil atletikani sport turi sifatida o‘rganish vaqtida va jismoniy tarbiya o‘quvchilarini o‘z ustida mustaqil ishlash bilan quyidagilarni bilishi shart:
yengil atletikani nazariy asoslarini o‘rganish;
sportcha yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va boshqa asosiy mashqlarni normativlar darajasida o‘zlashtirish;
yengil atletikani o‘rgatish uchun kerak bo‘ladigan, amaliy-pedagogik ko‘nikma va malakalarni egallash, shuningdek, musobaqalarni tashkil qilish va hakamlik qilish.
Harakatga inson faoliyatining ma’lum usullari sifatida qarash kerak. Masalan, yosh yengil atletikachilarning o‘quv mashg‘ulotlaridagi dasturida nazarda tutilgan harakatlar tizimini o‘zlashtirishdan tarkib topadi.
Hozirgi vaqtda o‘zbek xalqini o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi avj olganligi, milliy va madaniy qadriyatlar tiklanayotganligi, aholining ko‘p tabaqasi tomonidan urf-odatlar va marosimlar amalga oshirilishi munosobati bilan jismoniy tarbiyaga xususan yengil atletikaga zamon talabi va milliy an’analar ruhida bilim berish va tarbiyalashga asoslanib yondashish zarur. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-sonli “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, jismoniy va ma’naviy sog‘lom yosh avlodni voyaga yetkazish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sportga intilishni kuchaytirishni, bu ishlarning g‘oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirish nazarda tutilgan. Bunda yengil atletikaning ulushi kattadir.
Yosh yengil atletikachilar nazariy tayyorgarligi bo‘yicha ishlab chiqilgan ushbu uslubiy qo‘llanmasi yengil atletika sport turiga ixtisoslashgan barcha sport maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari (BO‘SM), bolalar-o‘smirlar sport klublari (BO‘SK), bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktablari (BO‘OZSM) ga mo‘ljallangan. Unda tanlov va sport maktabiga qabul qilish, boshlang‘ich, o‘quv-mashg‘ulot hamda sport mahoratini takomillashtirish guruhlarida o‘quv mashg‘ulotlarini maqsadli tashkil qilish va bir o‘quv-mashg‘ulot yilidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yiliga ko‘chirish mezonlarini aks ettiruvchi me’yoriy talablar, nazorat testlari mazmuni yoritilgan.
Qo‘llanmada turli bosqich va turli tayyorgarlik guruhlariga xos mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish hamda yuqori malakali sport zaxiralarini tayyorlash imkoniyatini yaratuvchi quyidagi ustivor pedagogik (didaktik) prinsplarga rioya qilish zarurligi e’tiborga olingan.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling