Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Yengil atletikaning mazmuni va tushunchalari


Download 1.12 Mb.
bet3/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Yengil atletikaning mazmuni va tushunchalari
Yengil atletika degan nom shartli bo‘lib, sirtdan qaraganda, yengil atletika mashqlarining og‘ir atletika mashqlariga nisbatan yengil bajarilishiga asoslangan. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani “atletika” (Fransiya) yoki “yo‘lak va maydondagi mashqlar” (AQSh, Buyuk Britaniyada) deb ataydilar.
O‘zbekistonda birinchi bor yengil atletika sportidan rasmiy musobaqa 1885-yil may oyida Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan.
Rekord natija O‘zbekistonda 1926-yildan boshlab qayd etiladi.
O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi IAAFga 1993-yilda a’zo bo‘lgan, ungacha O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi Sobiq Ittifoq yengil atletika federatsiyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatgan.
IAAF 1912-yilda tashkil topgan. Xalqaro Yengil atletika Federatsiyalari Assotsiatsiyasi - IAAF 2018-yil yanvar oyigacha 211 mamlakat federatsiyalarini o‘z tarkibida biriktirgan.
Yengil atletika besh bo‘limdan (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘pkurash) iborat bo‘lib, ularning har biri xilma-xil turlarga taqsimlanadi.
Yengil atletika mashqlarini tasnifi
Sportcha yurish - odamning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishidagi tabiiy usul bo‘lib bir yoshdan insonni umrini oxirigacha bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. Uzoq vaqt va bir tekis tezlikda yurganda inson organizmidagi barcha mushaklar, yurak-qon tomirlari, nafas olish organlari faoliyatini kuchayishi natijasida organizmda sodir bo‘ladigan modda almashinishi ortadi. Bu jarayon o‘z o‘rnida odam organizmini sog‘lomlashtirishga, uning tashqi muhit ta’siriga qarshilik ko‘rsatishiga immunitetini oshishiga olib keladi.
Oddiy yurishdan tashqari uni sayyohlik, safda va sportcha yurish xillari bo‘ladi. Texnik jihatdan yurishning eng qiyini va eng foydalisi bo‘lgan sportcha yurishdan turli miqyosda musobaqalar o‘tkaziladi.
Sportcha yurish bo‘yicha o‘yingoh yo‘laklarida (soat ko‘rsatgich harakatiga qarshi yo‘nalishda) va yo‘laklarda (shosse, shahar ko‘chalari va so‘qmoqlarda) 3 km, 5 km, 10 km, 20 km, 30 km va 50 km gacha masofada musobaqalar o‘tkaziladi.
Yugurish - odamning bir joydan ikkinchi joyga tez shiddatli ko‘chishining tabiiy usuli hisoblanib, jismoniy mashqlarni bajarishdagi sportning hamma turlarida uchraydi.
Yugurganda yurishga nisbatan odam organizmida sodir bo‘ladigan jarayon ikki uch marta tez va shiddatli kechadi, bu o‘z o‘rnida odam organizmini chidamliligini, tezkorligi va boshqa fazilatlarini rivojlanishiga va kamol topishiga ijobiy ta’sir etadi. Yugurish bilan shug‘ullanish jarayonida odam irodasi mustahkamlanadi, o‘z kuchini taqsimlay olish, to‘siqlardan o‘ta bilish, ochiq joyda mo‘ljal ola bilish qobiliyati hosil bo‘ladi.
Yugurish har tomonlama jismoniy barkamollikning asosiy vositalaridan biridir. Barcha mutaxassislikdagi yengil atletikachilarning, boshqa sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarida yugurishga katta e’tibor beriladi. Shuningdek yugurish mashg‘ulotlari faol dam olishda, sog‘lomlashtirish va ishlab chiqarish qobiliyatini saqlash va oshirish vositasi sifatida ulushi katta.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling