Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Shaylanishdan keyingi dastlabki qadamlar


Download 1.12 Mb.
bet14/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Shaylanishdan keyingi dastlabki qadamlar
Sprinterning masofa bo‘ylab yugurishi 200 va 400 m ga yugurish texnikasining xususiyatlari burilish bo‘ylab yugurish bilan bog‘liq.
Burilish bo‘ylab yugurishda eng asosiysi - bu yuguruvchi tanasining chap tomonga, yo‘lkacha qirg‘og‘i tomonga og‘ishi bo‘lib, shu tufayli burilish bo‘ylab yugurganda rivojlanadigan hamda o‘ng tomonga ta'sir ko‘rsatadigan markazga intiluvchi kuchga faol qarshilik yuzaga keladi.
Burilishda yugurish
Yuguruvchi burilishga bir tekisda, ravon kiradi va undan xuddi shu tariqa chiqadi. Burilishga kirish vaqtida chapga - ichkariga og‘ish darajasi ortadi. Burilishdan chiqayotganda og‘ish burchagi asta-sekin kamayadi. Burilishning eng katta qismi doimiy og‘ish bilan yugurib o‘tiladi.
Shaylanishdagi oyoq tirgaklari holati. Amaliyotda past Shaylanishning uchta variantidan bittasi qo‘llaniladi, ularning har biri Shaylanishdagi oyoq tirgaklarining Shaylanish chizig‘i oldida qo‘yidagi holatlar bilan bog‘liq:
- yaqinlashtirilgan, bunda oyoq tirgaklari orasidagi masofa 20-30 sm.dan kamroq;
- odatdagi, bunda oyoq tirgaklari bir-biridan 40 sm oarofida yoki boldir uzunligicha narida joylashadi;
- uzaytirilgan, bunda bu masofa 50-65 sm.dan ko‘proq.
Shaylanish chizig‘idan birinchi oyoq tirgagigacha bo‘lgan masofa Shaylanish olishning tanlangan variantiga bog‘liq. Odatdagi Shaylanish olishda oldingi oyoq tirgagi Shaylanish chizig‘idan 30-45 sm. narida qo‘yiladi, yaqinlashtirilgan Shaylanish olishda - Shaylanish chizig‘idan uzoqroqda, uzaytirilgan Shaylanishda - yaqinroqda qo‘yiladi. Shaylanishdagi oyoq tirgaklarini yaqin joylashtirish boshlanishi uchun ikkala oyoqning deyarli bir vaqtda kuch berishni ta'minlaydi va birinchi qadamda yuguruvchiga ko‘proq tezlanish yaratadi, biroq oyoq tirgaklarining yaqinlashtirilgan holati oyoqlar bilan keyingi qadamlarda navbatma-navbat depsinishga o‘tishni qiyinlashtiradi va ritmni buzadi, chunki odatda birinchi qadam ikkinchisiga qaraganda uzunroq bo‘ladi.
Uzaytirilgan oyoq tirgaklaridan Shaylanish olish oldinda turgan oyoq harakati hisobiga bajariladi, shuning uchun birinchi harakat bir oz sekinlashgan bo‘ladi.
Odatdagi Shaylanish olish ko‘proq tarqalgan, chunki u sportchiga butun depsinish holati davomida kuch qo‘shib borishga imkon beradi. Uzaytirilgan Shaylanish juda tez, biroq o‘ta kuchli emas, yaqinlashtirilgan Shaylanish juda kuchli depsinishni talab qiladi. Shunday qilib, past Shaylanish texnikasini o‘rganishni odatdagi olishdan boshlash kerak.
Sprinterlik yugurishi texnikasi tahlili (umumiy sharh).
100 m.ga yugurish quyidagi fazalarga bo‘linishi mumkin:
- shaylanish;
- shaylanishdan tezlanish;
- masofa bo‘ylab yugurish;
- maksimal tezlikka erishish;
- tezlikni saqlab qolish.
Boshqa sprinterlik masofalarni xuddi shunday fazalarga bo‘lish mumkin, lekin fazalar uzunligi xamda axamiyati tezlik dinamikasiga muvofiq o‘zgarib turadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling