Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Estafetali yugurish texnikasiga o‘rgatish uslubiyаti


Download 1.12 Mb.
bet17/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Estafetali yugurish texnikasiga o‘rgatish uslubiyаti
Qisqa masofaga yugurish texnikasini o‘rgangandan so‘ng estafetali yugurish texnikasini o‘rganishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. O‘rgatish uslubiyotining asosiy vazifasi yuqori tezlikda yugurib kelayotganda estafeta tayoqchasini aniq uzatish va qabul qilishni bildirishdan iborat. Quyida estafetali yugurish texnikasini o‘rganish uslubiyoti tartibi, vazifalari, ularni hal etish uchun vositalar va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
1-vazifa. Estafetali yugurish texnikasi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish.
Vositalari:
1. Estafetali yugurish turlari to‘g‘risida tushuncha berish.
2. Maksimal tezlikda, 20 m zonada estafeta tayoqchasini berish texnikasi bilan tanishtirish va ko‘rsatish.
3. Estafeta tayoqchasini berishdagi harakatni aniqligi va uni aniq hisobga olishni tushuntirish.
4. Estafeta tayoqchasini berishni kinokalsovka va kinogrammalarda namoyish qilish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Estafeta yugurish to‘g‘risida to‘liq ma'lumot berish, jamoalarni tuzish va ularni tezligini hisobga olgan holda zonalarga qo‘yish bilan tanishtirish.
2-vazifa. Estafeta tayoqchasini berish texnikasiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Estafeta tayoqchasini pastdan berish usulini tushuntirish va namoyish qilish bilan o‘rgatish.
2. Joyida turgan holda, hyech narsaga taqlid qilmasdan birbiriga o‘ng va chap qo‘l bilan uzatish, oldindan kelishilgan belgi bo‘yicha yugurishdagi har xil harakat.
3. Qadam qo‘yishda signal bo‘yicha tayoqchani uzatish.
4. Signal bo‘yicha oluvchiga sekin, keyin tez yugurishda estafeta tayoqchasini berish (uzatish).
5. Tez yugurishda ayrim yo‘lakchalardan estafeta tayoqchasini berish (uzatish).
6. Shuning o‘zini 20 metrlik dahlizda vaqtni belgilash bilan uzatish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Estafeta tayoqchasini uzatish ikki qatorda doirada turgan holda juft-juft bo‘lib bajariladi. Tayoqcha tayoqchani beruvchi qo‘llarining qarshi tomonida bo‘lishi kerak.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling