Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Masofa bo‘ylab yugurish va marrani kesib o‘tish texnikasini o‘rgatish


Download 1.12 Mb.
bet15/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Masofa bo‘ylab yugurish va marrani kesib o‘tish texnikasini o‘rgatish
Yugurish texnikasi yuqori natijaga erishish uchun muxim axamiyatga ega. Texnikaga qo‘yiladigan talab masofa uzunligiga qarab o‘zgaradi, chunki sportchining ish rejimi va mushaklar energiya ta'minoti o‘zgaradi. Shaylanishdan yugurib chopish (tezlanish) va masofa bo‘ylab yugurishning asosiy maqsadi kerakli tezlikni rivojlantirishdan iborat. Samarali texnika uchun kuch qobiliyatlari muxim axamiyatga ega. Maksimal tezligiga erishish va uni saqlab qolish holatida mushaklararo va mushaklar ichki koordinatsiyasi bosh omil xisoblanadi. Maksimal tezlikni saqlab qolish holatida eng asosiy vazifa - uning ko‘p pasayib ketishiga (mushak va asab tizimi toliqishi oqibatida) yo‘l qo‘ymaslik.
Marrani kesib o‘tish. Dohyerty ma'lum qilishicha, marrani kesib o‘tish texnikasini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar XX asr boshidan o‘tkazib kelingan. Ingliz Artur Deffi tasmaga tashlanish metodini qo‘llagan, ya'ni tanani oldinga keskin engashtirib, qo‘llarni pastga-orqaga uzatgan holda tasmaga tashlanishni bajargan. Amerikalik Berni Veferis marra chizig‘i yo‘nalishiga qarab bir yelkasini burib va bir vaqtning o‘zida qo‘lini yuqoriga ko‘tarib marrani kesib o‘tgan. Bunday harakatlar raqiblaridan 12 sm.gacha yutishga imkon bergan.
1904-yilda amerikalik Morton marragaa 20 yard qolganda marra tasmasiga tashlanish metodini qo‘llab ko‘rgan. U chuqur nafas olib, oldinga past egilgan holda tasmaga tashlangan.
1920-yilda Charli Paddok sprinterlik masofasini sakrash bilan yakunlaganligi tufayli mashhurlikka erishdi. Sprinterning masofa marrasi oldida noto‘g‘ri harakat qilishi uning mag‘lubiyatga uchrash sabab bo‘lishi mumkin. Fre atletlarga marrani kesib o‘tishda quyidagilarni bajarishni tavsiya qiladi:
- marraga yaqinlashayotganda va uni kesib o‘tayotganda tana holatini hamda qadam uzunligini bir me'yorda saqlab qolish kerak;
- qadamlar uzunligi masofa o‘rtasidagidek bo‘lishi lozim;
- silkinch oyoq tagi tana tayanch UOM proeksiyasiga yaqinroq qo‘yiladi;

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling