Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


-rasm. Esrafeta tayoqchasini turgan joydan uzatish


Download 1.12 Mb.
bet18/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

8-rasm. Esrafeta tayoqchasini turgan joydan uzatish.
3-vazifa. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi yuguruchini startga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Bir qo‘l bilan tayangan holdan to‘g‘riga start berish.
2. Bir qo‘lda tayangan holda, alohida yo‘lakchani burilishida (to‘g‘ri yo‘lakka chiqishda) start berish.
3. Alohida yo‘lakchadan to‘g‘riga (burilishga kirish bilan) start berish.
4. Masofani boshlanish zonasidan to nazorat belgisigacha aniqlash.
5. Alohida yo‘lakchadan, uzatuvchining nazorat belgisiga etgan vaqtida start berish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Start olishni o‘rganishda yo‘lakcha zonasida tayoqchani oluvchi 2 va 4 bosqichlarda yo‘lakchani tashqi chizig‘i bo‘ylab, 3-bosqichda esa, yo‘lakchani ichki chizig‘i bo‘ylab yugurishi kerak
Estafetani qabul qiluvchi yugurish boshlashi uchun qo‘yiladigan nazorat belgisini aniqlash shemasi
4-vazifa. 20 metrlik zona ichida maksimal tezlikda tayoqchani uzatishga erishish.
Vositalari:
1. Zonada estafeta tayoqchasini maksimal tezlikda berish.
2. Ikki va undan ko‘proq jamoalar to‘liq masofada estafetali yugurish. Uslubiy ko‘rsatmalar. Tayoqchani uzatish har xil tezlikdagi yugurishda takomillashtiriladi. Takomillashtirish, juft-juft bo‘lib, keyin hamma 4 yuguruvchi birgalikda bajarish bilan amalga oshiriladi.
5-vazifa. Estafetali yugurish texnikasini takomillatiish
Vositalari:
1. Maksimal tezlikda 20 metrli zonada estafeta tayoqchasini uzatish.
2. Har xil etapda shaxsiy belgilarni qo‘yish.
3. To‘liq masofa bo‘ylab musobaqa qoidasiga rioya qilib yugurish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Estafeta tayoqchasini uzatgan yuguruvchi tezligini pasaytirib o‘z yo‘lkasida qolish shart.
Yengil atletika sakrash turlariga xarakteristika
Sakrash to‘siqlardan o‘tishning tabiiy usuli bo‘lib, u qisqa vaqt ichida asab - mushak kuchiga maksimal zo‘r berish bilan tavsiflanadi.
Sakrash ikki turga bo‘linadi:
- imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal to‘siqlardan o‘tib balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash;
- imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizontal to‘siqlardan o‘tib uzunlikka sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetrda aniqlandi. Sakrash turgan joydan va yugurib. kelib ijro etiladi. Uch hatlab sakrash langarcho‘p bilan sakrash musobaqalari ayollar o‘rtasida o‘tkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida hosil bo‘ladigan qattiq zarblar ayollar ichki organizmini holatiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin.
yengil atletik sakrashni quyidagi turlari bor va ular har xil usullarda bajariladi:
yugurib kelib uzunlikka sakrash;
yugurib kelib uzunlikka uch hatlab sakrash;
yugurib kelib balandlikka sakrash;
yugurib kelib langarcho‘p bilan sakrash.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashning: «oyoqlarni bukib», «ko‘krak kerib», «qaychi» usullari mavjud. Bularning eng ko‘p qo‘llaniladigani «qaychi» usulidir.
Uzunlikka sakrashda yuqori natijaga erishish asosan yugurib kelish natijasida hosil bo‘lgan tezlikka bog‘liq. Depsinishda hosil bo‘lgan tezlikka bog‘liq. Depsinish paytida yugurib kelish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa va depsinish qanchalik tez bajarilsa, boshlang‘ich uchib chiqish tezligi shuncha yuqori bo‘lib, shunchalik uzoqqa sakraladi. Uzoqqa sakrash sakrovchini fazodagi uchishdagi turg‘unligiga, yerga tushayotgandagi harakatlarini qanchalik to‘g‘ri bo‘lishiga ham bog‘liqdir.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling