Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Yugurib kelib balandlikka sakrashlar texnikasi


Download 1.12 Mb.
bet21/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

Yugurib kelib balandlikka sakrashlar texnikasi
Yugurib kelib balandlikka sakrash - bu koordinatsion murakkab tur bo‘lib, u sportchilarning jismoniy sifatlariga yuqori talablar qo‘yadi. Bu sakrashni shartli ravishda to‘rtta asosiy tuzilmaviy fazalarga bo‘lish mumkin:
1) yugurib kelish;
2) itarilish (depsinish);
3) to‘sin ustidan oshib o‘tish va
4) yerga tushish.
“Hatlab o‘tish” usuli. Bu tur barcha turlar ichida qadimiy bo‘lishiga qaramay, texnik soddaligi va kam talabligi uchun maktablarda jismoniy tarbiya darslarida va yana boshlang‘ich yengil atletika mashg‘ulotlarida foydalaniladi. Yugurib kelish 6-8 yugurish qadamidan iborat. Tayoqqa nisbatan 30-45o burchak ostida bajariladi. Depsinish oyoq bilan tayoqdan 70- 80 sm uzoqlikda amalga oshiriladi. Depsinish joyini aniqlash uchun tayoqqa yon bilan turish kerak va silkinch qo‘lini cho‘zib barmoqlar bilan tayoqqa tegiladi. Mana shu aynan depsinish nuqtasi hisoblanadi. Yugurish qadamini tanlashda buni xotirada saqlash kerak. Beshta o‘rtacha yurish qadami uchta yugurish qadamini tashkil qiladi (9-rasm).
Depsinuvchi oyoq depsinish joyiga deyarli tekis qo‘yiladi, tizzani ko‘proq bukish maqsadga muvofiq emas. Silkinish to‘g‘ri oyoq bilan amalga oshirilib, yuqori nuqtasidan tizza ozgina bukilishi kuzatiladi. Tana vertikal holatda, qo‘llar tirsak qismida ozroq bukilgan, faollik bilan yuqoriga - oldinga bosh barobar ko‘tariladi. Silkinch oyoq taxtacha ustida bo‘lganda depsinuvchi oyoq tizza bukilib tortiladi. Silkinch oyoq taxtacha orqasidan tushiriladi, depsinuvchi oyoq uning ustidan olib o‘tiladi. Shu paytda gavda taxtacha tomonga buriladi. Qo‘nish silkinch oyoqqa yonbosh bilan amalga oshiriladi.

9-rasm. Yugurib kelib balandlikka sakrash
Qo‘nish yerdan bir oz ko‘tarilgan qumli chuqurcha yoki zal sharoitida matlar ustiga amalga oshiriladi. Asosiysi, joy balandligi taxtacha ustidan o‘tgandan so‘ng silkinch oyoqni bukmasdan yerga qo‘yishga imkon bersa bo‘lgani. Aks holda «peretyagivanie» usuli texnikasi asosan oxirgi uchish qismida buziladi. «Hatlab o‘tish» usulini boshlang‘ich yengil atletikachilar kursida ― fosbyuri - flop»ning yoysimon yugurish texnikasini o‘rgatishda foydalanish mumkin. Balandlika sakrash usullarida sakraganda yerga tushish vaqtida qo‘lga, belga, yelkaga katta kuch tushishi mumkin. Shuning uchun sakrovchiga avvalo yerga mayin tushishni o‘rgatish, yelka kamari va qo‘l muskullarini mustahkamlash va yerga tushadigan joyni yaxshilab tayyorlash kerak.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling