Yengil atletika turlarining nazariy asoslari


Download 1.12 Mb.
bet9/26
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1565894
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
ЕНГИЛ АТЛЕТИКА (2)

2-rasm. Oyoq qo‘yish
Sportcha yurish texnikasi
Statik holatda inson tanasining tayanchga ta’siri og‘irlik kuchiga (tana og‘irligi - V) teng. Tayanch reaksiyasi (R) ning yo‘nalishi tana og‘irligi yo‘nalishiga qarama-qarshi, miqdor esa tana og‘irligiga teng bo‘lib, bu reaksiya tananing umumiy og‘irlik markazi (UOM)dan o‘tadi.
Statik holatdagi qo‘sh tayanch paytidagi har qaysi oyoq bosimiga javoban ikkita reaksiya R1, R2 bo‘ladi. Ular jamlanib, vertikal teng ta’sir etuvchi kuch hosil qiladi. Buning miqdori esa tana og‘irligiga teng bo‘ladi. Bunday holda ikkala tayanch reaksiyasi ham UOMga o‘tadi (3-rasm).

3-rasm. Sportcha yurishda umumiy og‘irlik markazini harakati
Agarda qo‘sh tayanch paytida, muskullarning faol kuchlanishi bilan orqadagi oyoqning tayanchiga bosim kuchaytirilsa, shu oyoq bosimiga tayanch reaksiyasi ham ortadi. Shu vaqtda oldingi oyoq bosimiga tayanch reaksiyasi kamayib, ikkala tayanch reaksiyasining teng ta’sir etuvchi (R) oldinga qiyalama yo‘nalgan bo‘ladi. Ikkala tayanch reaksiyasi bilan tana og‘irligi kuchining teng ta’sir etuvchisi (R/V) ham olg‘a tomon yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Buning gorizontal tashkil etuvchisi (S) start kuchini ifodalaydi.
Bu kuch kishi gavdasining olg‘a yo‘nalgan tezlanishiga sabab bo‘ladi. Harakatlanishga muskullarning ishi ham katta rol o‘ynaydi. Tayanchdan oldingi depsinayotgan oyoq bosimiga tayanch reaksiyasi har doim oldinga va yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Depsinuvchi oyoqning bosim kuchi O1 o‘ziga teng qarama-qarshi reaksiya R1ni hosil qiladi. Uning vertikal tashkil etuvchisi gavda og‘irligiga qarshi ta’sir qiladi, gorizontal tashkil etuvchisi (AT1) esa kishi gavdasi oldinga harakat qilishiga sabab bo‘ladi. Oldingi tayanch fazasidagi R2 tayanch reaksiyasi orqa va yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Uning normal tashkil etuvchisi RN2 gavda og‘irligiga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, gorizontal tashkil etuvchi (RT2) esa gavdaning oldinga harakatini sekinlashtiradi. Mushaklarni tez ishlashi natijasida sportchining gavdasi bilan tayanch o‘rtasida o‘zaro ta’sir hosil bo‘ladi. Bu sportchi gavdasining va uning UOM ning harakat yo‘li qanday bo‘lishiga ta’sir etadi. Depsinish paytida UOM ning trayektoriyasi yuqoriga ko‘tariladi va sportchi tezroq oldinga siljiydi.
Tana og‘irligini bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazishda butun tana ko‘ndalang yo‘nalishda harakatlanadi. Qo‘sh tayanch paytida og‘irlik kuchi ta’sirida UOM juda pastga tushadi, UOM vertikal bo‘ylab 4-6 sm ko‘chadi. Oldingi tayanch olg‘a siljishga to‘sqinlik qiladi. Natijada UOM yuqoriga va pastga, o‘ngga va chapga siljib, oldinga gorizontal bo‘ylab harakat tezligini goh oshirib, goh kamaytirib murakkab qiyshiq chiziqdan iborat yo‘l hosil qiladi. UOM trayektoriyasining egriligi haddan ortiq bo‘lishi foydasizdir, chunki bunda mushaklar kuchining bir qismi yo‘qoladi. Ammo UOM ning bunday qiyshiq chiziq bo‘ylab harakat qilishni butunlay yo‘qotishni iloji yo‘q.
Sportcha yurish qadamlar tezligi va uzunligi harakat tezligiga bog‘liqligi
Sportchining yurishdagi qadamlarining jadalligi depsinish kuchiga va silkinch oyoqning o‘tkazish tezligiga bog‘liqdir. Qadamlarning jadalligi ortishi bilan ularning uzunligi ham oshadi.
Sportcha yurish tezligi oddiy yurish 2,5-3 barobar ko‘pdir. Bu tezlik qadam uzunligi va jadalligiga bog‘liqdir. Oddiy yurishdagi qadamlarning uzunligi 80-95 santimetr, sportcha yurishda esa 110-120 santimetr oddiy yurishda qadamlarning jadalligi daqiqasiga 110-120 bo‘lsa, sportchi yurishda 200-210 ta va undan ham ortiq bo‘ladi.
Sportchi yurishda yuqori natijalarga erishish to‘g‘ri texnikaga bog‘liq bo‘lib, bu texnika bir qadam 0,2-0,335 soniyada bajarilishi sababli nerv-mushak koordinatsiyasi jihatidan murakkabdir. Ikki tayanch holatiga ketadigan vaqt 0,065-0,006 soniyani tashkil etadi. Yurish sur’ati yuqori bo‘lishiga qaramay, tez yuruvchilarning qadamlari yetarli darajada bo‘lishi kerak. Qadamlarni juda uzaytirib yuborish ortiqcha energiya sarflagach, texnikaning buzilishiga va sport natijasini past bo‘lishiga olib keladi. Depsinish kuchining haddan yuqori bo‘lishi kishi gavdasini yerdan uzadi va yurish yugurishga o‘tadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling