Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar. Sakrashning bu elementi texnikasi boshqa 
usul larga o‘tganda deyarli o‘zgarmaydi. Shuning uchun erga to‘g‘ri 
tu shishni o‘rgatgandan keyin uni ko‘p marta takrorlab, malakaga 
aylan tirib olish kerak.
Vositalari:
1. D.h. – depsinadigan oyoq oldinda, siltanadigani orqada. 4-6 
qadam yugurishdan keyingi «qadamda» sakrab, depsinadigan oyoqni 
siltovchi oyoq yoniga tortib ikki oyoq bilan erga tushish.
6-vazifa. «Oyoqlarni bukib» sakrash usulidagi harakatlarga o‘rgatish.
2. D.h. – ikki oyoq bir chiziqda, qo‘llar belda, 4-6 qadam yugurish-
dan keyingi qadamda sakrab, depsinadigan oyoqni siltovchi oyoq 
yoniga tortib, ikki oyoq bilan erga tushish.
3. D.h. – yuqoridagidek. 4-6 qadam yugurishdan keyingi «qadamda» 
uzunlikka sakrab 2 ta to‘siqdan (g‘ovlardan) o‘tib ikki oyoq bilan erga 
tushish.
4. D.h. – yuqoridagidek. 8-10 qadam bilan yugurib, plankadan «qa-
dam da» uzunlikka sakrab, ikki oyoqda ko‘nish (plankani balandligi 
60-70 sm).
Uslubiy ko‘rsatmalar. Ayrim shug‘ullanuvchilar qo‘nish oldi dan 
oyoqlarini yuqoriga ko‘tara olmaydi. Chunki son va qorin muskul-
larining kuchi yetarli emasligidandir.
7-vazifa. “Qaychi” usulida uchish fazasini texnikasini o‘rgatish.
Vositalari:
1. 3-5 qadamda yugurib kelib ko‘proq yuqoriga sakrash.
2. 5-7 qadamda yugurib kelib ko‘proq yuqoriga sakrash.


257
3. Predmetlaga osilib turib “Qaychi” usulida sakrash kabi oyoq 
holatlarini almashtirish.
4. Erga qo‘nish paytida depsinuvchi oyoqni pastga tushirmay, 
balki silkinch oyoqni ikkala oyoqda qo‘nish.
5. Maxsus mashqlar va boshqa imkoniyatlardan foydalanib qaychi 
usulini tasavvurida hosil qilishni o‘rgatish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Sakrovchi havoda oyoqlarini yoki tizza-
larini “qaychi” qilmaydi balki yugurishni davom ettirgandek hara kat 
qilishi lozim.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling