Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko‘rsatmalar.
- 9-vazifa.
8-vazifa. “Ko‘krak kerish” usulida uchish fazasini o‘rgatish.
Vositalari: 1. Maxsus mashqlar va boshqa imkoniyatlardan foydalanib qaychi usulini tasavvurida hosil qilishni o‘rgatish. 2. Qisqa yugurib kelib sakrash, qadam holatidan silkinch oyoq va qo‘llarni tez harakat qilib ikkala oyoqda erga qo‘nish. 3. Qisqa yuguib kelib, qadam holatidan silkinch oyoqni pasta tushirish va shu oyoqda erga tushish. 4. 8-10 qadamda yugurib kelib, “qadam” holatidan silkinch oyoqni pastga tushirib keyin orqaga torti, tozni esa oldinga chiqarish – ko‘krak kerish. Uslubiy ko‘rsatmalar. “Ko‘krak kerib” sakrash usulini o‘rgana- yotganda “qadamlab” uchuib chiqishga e’tibor berish, depsinish vaqti- dayoq barvaqt ko‘krak kerib yuborish ehtimoli yo‘q emas. Ko‘krak ker gan paytda bosh orqaga tashlanmasligi zarur. 9-vazifa. Tanlab olgan sakrash usulida texnikani takomil-lashtirish. Vositalari: 1. Qisqa masofadan yugurib kelib uzunlikka sakrash. 2. O‘rta masofadan yugurib kelib uzunlikka sakrash. 3. Musobaqaga faoliyatiga yaqinlashtirilgan holatda uzun-likka sakrash. 4. Maxsus mashqlarni bajarish. Uslubiy ko‘rsatmalar. Har bir shug‘ullanuvchining uchchala usulda sakrash texnikasini aniqlab ulardan qaysi biri samaradorligini aniqlash va yo‘naltirish. 258 2.4. Yugurib kеlib uzunlikka sakrovchilarning maxsus mashqlari Kichik texnik tayyorgarligi o‘zlashtirish mumkin, katta mashqlar miqdori bajarishi bilan har bir mashq boshlanishi, malakali sakrovchi ham mashqda cho‘zilishi muskullarning harakat qilishi, asosan son- chanoq, chunki ko‘plab egilish harakati ham orqaga va yon tomonlarga bukiladi. Yugurib kеlib uzunlikka sakrovchilarni tayyorlashda asosan ular- ning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak. Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni, egiluvchanlikni, harakat tеzligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin. 1. Oyoqdan-oyoqqa sakrashlar. Bu mashqni bajarayotganda oyoq tizza bo‘g‘imlaridan bukilmasdan, faqat oyoqlarning kafti bilan dеpsinish kеrak . 2. Gimnastika dеvorini bir qo‘lda ushlab, balandligi 50- 60sm bo‘lgan buyum ustiga oyoqlarni tеz-tеz almashtirib chiqib – tushish. 3. Gimnastika davorini ikki qo‘lda ushlab, undan 70-80 sm orqaroq turgan holda yelkaga shеrikni chiqarib olib, goh o‘ng oyoqni, goh chap oyoqni tizzasini oldinga ko‘tarib, tos sohasini oldinga chiqarish. 259 4. Turli masofalardan yugurib kеlib uzunlikka har xil usulda sakrashlar. Yugurib kеlish oxirida qadamlar tеzligini oshirib, dеpsinish joyiga oyoq kaftlarini to‘g‘ri qo‘yishga e’tibor bеrish kеrak. 5. Joyidan turib uzunlikka sakrash. Mashqni ikki oyoqni juftlab, ikkala qo‘lni jadal oldinga va orqaga tortib, bir vaqtning o‘zida oldinga sakrash. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling