Yengil atletika va uni
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
1.4. Oxirgi kuch berishga tayyorlanish
oxirgi kuch berish va to‘xtatish fazalari Oxirgi kuch berishga tayyorlanish turli xil uloqtirishda turli xil bo‘ladi. Ammo barcha hollarda uloqtirish oxirida snaryadning harakat tezligini oshirish katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi shunday holatda turishi kerakki, u holat oxirgi fazani snaryad eng katta tezlik bilan uchib chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin. Uloqtirishning ko‘pchilik turlarida uloqtiuvchining snaryadning ayni qo‘ldan chiqarishgacha bo‘lgan oraliq holatlar uchun uloqtirila- yotganida gavda oyoqdan to‘liq foydalanish maqsadida UOM bir qancha pastga tushishi harakterlidir. UOM oxirgi kuch berish oldidan oyoqlarni ma’lum kenglikda va bo‘g‘ib mo‘ljaldagi uchib chiqish nuqtasidan mumkin qadar uzoqda bo‘lishi juda muhim. Snaryad uchib chiqish nuqtasidan eng ko‘p uzoqlashtirmoq uchun snaryad tutgan qo‘l bilan birga gavdani uloqtirish, yo‘nalishga qarama-qarshi tomonga engashtiriladi yoki aylantirib buriladi. Gavda qismlarining bunday turishi uloqtiruvchi kuchning snaryadga ta’sir etish yo‘lini uzaytirishga imkoni beradi. Oxirgi kuch berish oldidan oyoqlarning snaryadga nisbatan sezilarli damlatishdan maqsad ham shu. Uloqtirishga tayyor- lanishda yugurib kelish tartibi buzilmasa, uloqtirish tomon umumiy olg‘a intiluvchi harakat saqlab qolinsa, shundagina uloqtirish eng to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi. 1. Oxirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va snaryadni qo‘ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlari siljishi tezlikni o‘zgarish harakteriga umumiydir. Buni sistematik ta’sir etsa ham bo‘ladi. G.V.Vasilev fikricha, uloqtiruvchining snaryad bilan birga dastlabki tezligi (yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib kelish). 2. Tezlikni umumiy oshirilishi (tezlanib yugurb kelish). 3. Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va snaryadga nisbatan gavdaning pastki qismlari tezligini oshiramiz (oxirgi kuch berishga tayyorlanish). 343 4. Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlashtirib gavdaning yuqori qismlari bilan snaryad harakatini tezlatish. 5. Olg‘a intiluvchi va aylanma harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi. Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o‘zi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uni uloqtiruvchining bir holatidan ikkinchi holatiga oddiygina o‘tish deb bo‘lmaydi. Oxirgi kuch berishdan to‘la foydalanish uchun muskullarning elastik xususiyatidan foydalanish imkoniyatini ham nazarda tutish kerak. Uloqtirishni bajarayotganda muskullar elastikligidan foydalanish, sportchilarga iroda sarflash bir xil ekanligida ham snaryad ko‘proq kuch bilan ta’sir etish imkonini beradi. Muskullarni elastik xususiyatidan foydalanish ayniqsa, yakulovchi fazadan muhimdir. Oxirgi kuch berilishida kuchning snaryadga ta’siri uloqtiruvchi kuch tayanch holatda ekanligidan eng zo‘r bo‘lishi mumkin. Bunda chap oyoq gavda bilan snaryadni ma’lum burchak osti da yuqoriga siljishiga yordam berishi kerak. Chap oyoqni yerga qo‘yib bir qo‘llab uloqtirishda shu oyoq sal bo‘lsa ham bukiladi, oyoqning bukilishi miqdori uloqtiruvchinnig olg‘a intiluvchi harakatining tezligiga va uning muskullardagi kuchiga bog‘liq. Oxirgi kuch berishda hamma vaqt olg‘a tomon yuqo- rilab yo‘nalgan eng tez harakat bilan bir paytda ko‘proq ham uloq- tirish tomonga buriladi. Uloqtirishning turi va usuliga qarab yelka kamari bilan tos harakatdagi munosabatda ba’zi bir farqlar bo‘ladi. yakulovchi kuch berilishini yerga tayanib turganda bajarish foydalidir. Sakrab oyoqlarni faol almashtirib, bir qo‘llab uloqtirishda tayanchsiz holda ham uncha ham katta bo‘lmagan yakunlovchi kuch ta’sir eti- shi mumkin. Yakunlovchi kuch berishdagi uloqtirish texnikasida uloq tirish ijro etilayotgan maydoncha chegarasidan chiqib ketmay muvozanat saqlab qolish zaruriyati ham hisobga olinadi. Uloqtirish turiga va texnikasiga hamda musobaqa qoidalarida belgilangan shartlarga qarab, uloqtirishdagi harakat turli xil oxirlana- di. Bir qo‘llab katta tezlikda uloqtirishda sakrab oyoqlarni faol almashtirish qo‘llaniladi. Bu snaryad uchib chiqqanidan keyin gavda harakatini keskin to‘xtatib qolish imkoniyatini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling