Yengil atletika va uni


Disk uloqtirish texnikasini o‘rgatish uslubiyati


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

3.3. Disk uloqtirish texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Disk uloqtirishni aylanishga yaroqli qattiq tekis yerda yoki 
musobaqa qoidasiga binoan tayyorlangan uloqtirish doirasida 
o‘rgatiladi. Disk uloqtirish o‘rgatilayotganda ehtiyotkorlik choralarini 
ko‘rish zarur. Mashg‘ulot jarayonida disk faqat bir tomonga uloqtiriladi. 
Disk uloqtirish joylari iloji boricha bir-biridan olisroq bo‘lishi lozim. 
Gruppa bo‘lib o‘rgatish vaqtida musobaqa qoidasida ko‘rsatilganidek, 
uloqtirish doirasini va shu doiradan belgilangan masofani arg‘amchi 
yoki sim to‘r bilan o‘rab olish maqsadga muvofiqdir.
Bordi-yu, uloqtirish uchun o‘ralgan doiralar bo‘lmasa, u holda disk 
navbatma-navbat uloqtirilishi va diskni olish uchun harakat qilish 
faqat uloqtirish tugagandan keyingina ruxsat berish lozim. Quyida 
o‘rgatish vazifalari va ularni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar 
hamda uslubiy ko‘rsatmalar berilgan. 
1-vazifa. Shug‘ullanuvchilarni disk uloqtirish texnikasi bilan 
tanishtirish.
Vositalari: 
1. Disk va uni uloqtirish qoidalari bilan tanishtirish.
2. Doirada tanishtirish, diskni uloqtirishni ko‘rsatish va tushuntirish. 
3. Ko‘rgazmali qurollar orqali (kinogramma, o‘quv filmlari, kino-
kolstovkalar) namoyish etish. 


418
4. Talab me’yorlari (razryad, o‘quv normalari, reyting talablari) bi-
lan tanishtirish. 
5. Erishilgan rekord darajalari bilan tanishtirish. 
6. Disk uloqtirish natijasi bilan bog‘liq omillar bilan tanishtirish. 
7. Disk uloqtirish fazalari, ularni ahamiyati bilan tanishtirish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar. Disk uloqtirish joyi bilan tanishtirish. Disk 
qaysi materiallardan iboratligi, musobaqa qoidasini shug‘ullanuvchilar 
bilan ijro etishga e’tibor qaratish. Texnik xavfsizlik qoidalarini tushun-
tirish.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling