Yengil atletika va uni


Траектория полета ядра зависит от


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Траектория полета ядра зависит от:
• СКОРОСТИ ВЫЛЕТА СНАРЯДА (наиболее важна)
• УГЛА ВЫЛЕТА СНАРЯДА
• ВЫСОТЫ ВЫПУСКА
Jack Sweeney “Fundamentals of throwing”
3 of 17
87-rasm. Yadro itqitish joy burchagi 
Snaryadning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi “uloqtiruvchi-
snaryad” tizimi tomonidan final kuchlanishi boshlanishiga qadar 
yugurib kelishda to‘plangan harakatlar soniga, shuningdek,, final 
kuchlanishi fazasida, snaryadga tushadigan kuch ta’sirining uzoqligi 
va kattaligiga bog‘liq. 
Yugurib kelish yo‘lakning uzunligi bo‘yicha turli qismlarida 
(bo‘laklarida) harakatlar bilan snaryadga tezlik beriladi. Yadro 
itqitishda boshlang‘ich tezlik – 2-3 m/s hosil qiladi, yakuniy tezlik 
esa yadro irg‘itishda boshlang‘ich tezlikka nisbatan 4-5 marta oshib 
ketadi. 
Snaryadga beriladigan boshlang‘ich tezlik oyoq va gavda 
mushaklari ishi hisobiga amalga oshiriladi, yakuniy tezlik esa yelka 


444
kamari hamda qo‘llar mushaklarini ishga solish hisobiga beriladi. 
Uloqtirishlar uchun mushaklarning ballistik ishi xos bo‘lib, uning 
o‘ziga xos xususiyati oldindan cho‘ziltirilgan mushaklarning tez 
qisqarishidan iborat. 
Mushaklar harakat tugagunga qadar faol ishlashni ertaroq tugatadi. 
Ko‘p sonli mushaklarning bunday qisqa muddatli va shiddatli ishi 
harakat koordinatsiyasiga katta talablar qo‘yadi. Shunday qilib, 
snaryadga avval ancha uzoq yo‘lda kichikroq kattalikdagi kuch bilan, 
keyin esa qisqaroq yo‘lda kattaroq kuch bilan tezlik beriladi. Yengil 
atletikada bu omillar har bir holda uloqtirishlar samaradorligini 
belgilab beradi. Ularning tahlili snaryadni otayotgan uloqtiruvchining 
barcha harakatlarining to‘g‘ri ketma-ketlikda bajarilishi to‘g‘risida 
zarur tasavvur hosil qiladi. Belgilab o‘tilgan har bir omillarning 
ahamiyati bir xil emas. Boshqa barcha teng sharoitlarda snaryadning 
boshlang‘ich uchib chiqish tezligining eng katta tezligi har doim 
ijobiy holat hisoblanadi va, asosan, uloqtirish uzoqligi uning oshishiga 
bog‘liq. O‘z navbatida, snaryadning uchib chiqish tezligi snaryadga 
beriladigan kuch kattaligiga, snaryadga kuchning ta’sir qilish yo‘li 
uzunligiga va kuch berish vaqtiga bog‘liq. Bunday bog‘liqlikni shartli 
ravishda quyidagicha aniqlash mumkin: 
;
l
t
F
V

=
bu yerda v – snaryadning uchib chiqish tezligi; F – snaryadga 
beriladigan kuch; l – kuchlarning ta’sir qilish yo‘li uzunligi; t – kuch 
berish vaqti.
Agar F/t kuch gradiskti (uning o‘sib borish tezligi) sifatida qaralsa, 
snaryadning uchish uzoqligi kuch gradisktiga va snaryadga kuchlanish 
berish yo‘lining uzunligiga bog‘liq. Ayni paytda, tezkorlik – insonning 
harakatlarni ma’lum bir sharoitlar uchun minimal vaqt oralig‘ida 
bajarish qobiliyatidir. Shuning uchun kuch qancha katta tezlik bilan 
o‘sib borsa, tezkorlik shuncha katta bo‘ladi. Boshqacha aytganda
tezkorlik kuch gradisktiga bog‘liq. Uloqtirishlarda kuchning o‘sib 
borishi snaryad va tana qismlarining harakati bilan kuzatilishi tufayli 
ushbu holda tezkorlik kuchning o‘sish tezligi yoki kuch gradiskti 
hisoblanadi. 


445
;
t
F
=
bu yerda V – tezlik, F – kuch, t – kuchning o‘sib borish vaqti. 
Agar kuch gradisktini tezlik-kuch indeksi bilan o‘lchasak, 
snaryadga kuch berish yo‘li uzunligini texnik mahorat darajasi sifatida 
e’tiborga olsak, oxir-oqibat quyidagi xulosaga kelamizki, sport 
uloqtirishida natija uloqtiruvchining tezlik-kuch tayyorgarligiga va 
texnik mahoratiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. 
Snaryadning harakat tezligini oshirish uchun shu narsa o‘ta muhim 
sanaladiki, butun yo‘l davomida kuchlanishlar ortib borishi lozim.
Ya’ni, butun yo‘l davomida mushaklarning qat’iy ketma-
ketlikda qisqarishi hisobiga erishiladigan tezlanish kerak bo‘ladi. 
Mushaklarning bunday qisqarishi, o‘z navbatida, kuchlanishlarning 
o‘sishiga, snaryadning harakat tezligi oshishiga sharoitlar hamda inson 
tanasi qismlarining barcha mushaklaridan foydalanishga imkoniyat 
yaratadi. 
Barcha snaryadlar uchun optimal uchib chiqish burchagi 45
0
dan 
kamroq. III razryad va undan kattaroq darajadagilarning natijalari 
uchun snaryadning optimal uchib chiqish burchagi yadro irg‘itishda – 
38-41
0
atrofida bo‘ladi. Shuni ham e’tirof etish joizki, optimal kattaliklar 
zonasida uchib chiqish burchagining 1-3
0
atrofida o‘zgarishi (uchib 
chiqish tezligiga nisbatan) natijaga kam ta’sir ko‘rsatadi (11-jadval, 
V.N. Tutevich ma’lumotlari bo‘yicha). 
Snaryadning eng baland uchib chiqish nuqtasi ham uchish 
uzoqligiga ta’sir ko‘rsatadi. Aniqlanishicha, yadroning uchish uzoqligi 
snaryad sportchining qo‘lidan chiqib ketayotgan balandlikka bog‘liq 
holda oshadi. 
Snaryadning uchish uzoqligini belgilovchi asosiy shartlar o‘rtacha 
kattaliklar va ahamiyati darajasi quyidagicha – natijaga ta’sir 
ko‘rsatuvchi sabablar:
-Snaryadning uchish tezligi – 14 m/s; 
-Snaryadning uchish burchagi, daraja – 39-42
0
;
-Havo muhitining qarshiligi (ahamiyati) – kichik;


446
-Snaryadning qo‘ldan uchib chiqish balandligi (ahamiyati) – katta. 
Formuladan aks etib turibdiki, uloqtirishning natijasini ta’minlovchi 
eng ahamiyatli omil – bu snaryadning uchib chiqish tezligidir. Uchish 
uzoqligi snaryad qo‘ldan uchib chiqqan vaqtda erishgan tezligining 
kvadrati kattaligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
11 – jadval

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling