451
2
. .
;
mv
f g c
r
=
bu yerda f g.c. –
markazdan qochuvchi kuch; m – snaryad og‘irligi;
v – uning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi; r –
snaryadning aylanish
radiusi.
Uloqtirishda har qanday usul bilan tezlik olishda optimaldan
yuqori darajada tezlikni oshirish (bunda
harakatlarni nazorat qilish
yo‘qotilsa) salbiy hol sanaladi. Biroq bu uloqtiruvchi tayyorlanish
jarayonida o‘zi uchun optimal tezlik olish tezligining
oshishiga
erishmasligi kerak degani emas. Sapchib tezlik olishdan ko‘ra aylanib
tezlik olishda yo‘l uzayadi, ammo unda
doimo bir nuqtaga final
harakatiga kelish murakkab, chunki ozgina o‘zgarish bo‘lsa, yadro
sektor chizig‘idan chetga chiqib ketish ehtimoli bor. Aylanib itqituvchi
sportchini koordinastion qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Sapchib itqitishda esa yo‘l to‘g‘ri va doimo bir
holatga kelib itqitishga
imkoni bor. Shuning uchun uloqtiruvchi o‘z imkoniyatlariga mos
holda tezlikni rivojlantirishi hamda hosil bo‘lgan
energiyadan snaryad
harakatini tezlashtirish uchun oqilona foydalanishi zarur.
Final kuchlanishga tayyorlanish. Vazifa – snaryadning to‘g‘ri
chiziqli harakat tezligini kam yo‘qotgan holda ayrim tana a’zolarining
tez harakatlari bilan hamma tana a’zolari mushaklarini ularning
ketma-ket qisqarishi uchun sharoit yaratish maqsadida cho‘ziltirishdir.
Shuningdek,, yana shuni aytish mumkinki, ya’ni
shunday holatga
kelish lozimki, snaryad taxmin qilinayotgan uchib chiqish nuqtasidan
mumkin qadar uzoqroq masofada turgan bo‘lishi kerak (91,
92-rasmlar).