Yengil atletika va uni


 Yadro itqitish texnikasini o‘rgatish uslubiyati


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

4.4. Yadro itqitish texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Yadro itqitish texnikasini endi boshlayotgan shug‘ullanuvchilarga, 
ularning jismoniy va irodaviy tayyorgarlik darajasi qandayligidan 
qat’i nazar, o‘rgatish mumkin. Dastlabki mashg‘ulotlarda, ayniqsa, 
jismoniy tayyorgarligi past bo‘lgan shug‘ullana boshlaganlar uchun 
ancha yengil yadrolar (ayollar uchun 2-3 kg va erkaklar uchun 4-5 kg) 
qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Endi boshlayotganlar bilan yadro 
itqitish mashg‘uloti o‘tkazish joyi tekis va qattiq yerda bo‘lib, albatta 
itqitish doirasi ham bo‘lishi shart. Baxtsiz hodisalarni oldini olish 
uchun shug‘ullanuvchilar maydonchaning bir tomonida bir-birlaridan 
4-6 metr oraliqda turishadi, yadroni esa bir tomonga itqitishlari lozim. 
Shug‘ullanuvchilarning barchasi har bir mashqni bajarganlaridan 
so‘ng yadroni olib kelish uchun imkoniyat berish kerak. Quyida 
o‘rgatish vazifalari, vositalari va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
1-vazifa. Shug‘ullanuvchilarning yadroni itqitish texnikasi bilan 
tanishtirish. 


457
Vositalari: 
1. Yadro itqitish va uni bajarish qoidalari bilan tanishtirish. 
2. Doira ichida yadro itqitishni tushuntirish va ko‘rsatish. 
3. Ko‘rgazmali qurollardan (kinogrammalar, o‘quv filmlari va 
kinokolstovkalar) foydalanib ko‘rsatish. 
4. Normativ talablar: razryad, o‘quv va h.k. bilan tanishtirish. 
5. Rekordlar va ularni bajarilishi bilan tanishtirish. 
6. Yadro itqitishda sport natijalarini ko‘rsatish uchun bog‘liq 
bo‘ladigan omillar bilan tanishtirish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar. Birinchi mashg‘ulotlarda yengillashtirilgan 
yadrodan foydalaniladi, baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun 
shug‘ullanuvchilarni oralig‘i 3-4 m qilinib, bir tomonga qarab itqitiladi. 
2-vazifa. Shug‘ullanuvchilarni yadroni ushlash va itarishga 
o‘rgatish.
Vositalari: 
1. Yadroni qo‘ldan va bo‘yin yonida ushlanishni tekshirish
ko‘rsatish va tanishtirish. 
2. D.H. asosiy turish, yadro balandda, cho‘zilgan qo‘llardagi 
barmoqlar bilan itqitish ushlab olinadi. 
3. Yadroni itqitishni yo‘nalishiga qarab yuqoriga, oldinga yuqoriga 
qarab itg‘itish.
4. Xuddi shuning o‘zi, yo‘nalishiga qarab yarim yon tomondan 
itqitiladi. 
5. Yadroni goh chap, goh o‘ng qo‘l bilan yoki ikki qo‘l bilan o‘zidan 
oshirib otib ilib olish. 
6. Yadroni pastdan oldinga-balandga, ikki qo‘llab orqadan oldinga 
boshdan oshirib otish. 
7. Gavda to‘g‘ri ushlangan, o‘ng oyoq tizzadan buklangan, chap 
oyoq oldinga qo‘yilgan holatdan, yadroni ko‘krak oldidan ikki qo‘llab, 
oldinga balandga qarab itg‘itish. 
8. Xuddi shuning o‘zi, lekin bir qo‘lda bajarish. 
9. D.H. asosiy, yadro yuqoriga cho‘zilgan, o‘ng qo‘lda. Oyoqni 
ozroq egib, yadroni panjalar bilan itg‘itish. Yadroni ushlab olish. 
10. 3, 4, 5-mashqlarni to‘ldirma to‘plar bilan bajarish.


458

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling