Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar. Qo‘lni shikastlantirmaslik maqsadida
albatta panjalar bilan tayyorgarlik mashqlarini bajarish kerak. Yadro 
bilan o‘tkaziladigan mashqlar yondashtiruvchi mashqlar bilan 
almashlab turiladi. Oyoq, gavda, qo‘l ketma-ket ishlashini kuzatish 
kerak.
3-vazifa. Shug‘ullanuvchilarni final kuchlanishiga o‘rgatish.
Vositalari: 
1. Yadroni turgan joydan, d.h. itqitish, yo‘nalishiga qarab yon 
tomon bilan turish. 
2. Shuning o‘zini itqitish yo‘nalishiga orqa bilan turib bajarish. 
3. Xuddi shuning o‘zi turgan holatda o‘ng oyoqda turgan holda
chap oyoqni yerga qo‘yish bilan bajarish. 
4. Asosiy holatda turgan holda yadro itqitishga taqlid qilib bajarish. 
5. Yadroni turgan joydan, daraxtni shoxchasidan oshirib uloqtirish. 
6. O‘ng oyoq bukilgan holda turib, gavda chap tomonga burilgan 
holdagi d.h. O‘ng panja belni pastki qismiga. Oyoqni keyinchalik 
ishlatish bilan tosni oldinga burish. 
7. D.h. asosiy turish. Yadro bo‘yinni yonida. Tos holatini ushlagan 
holda, yelkani o‘ngga burib, keyinchalik oyoqqa o‘tirish bilan itqitishni 
taqlid qilish. 
8. Shuning o‘zi – darhol yadroni chiqarib yuborish. 
9. Yadroni itqitish uchun d.h. (itqitish yo‘nalishiga qarab yon tomon 
bilan turish, chap oyoq tayanchiga turib (10-15 sm) – yadroni itqitish. 
10. Sherigining qo‘lini pastdan balandga qarab itarib yuborish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Mashqlar quyidagi ketma-ketlikda 
bajariladi: 1) chap oyoqni tayanch uchun tushirish; 2) tosni aylantirish; 
3) tovonni o‘ngga burish; 4) ko‘krak bilan oldingayuqoriga harakat 
qilib, qo‘ldagi yadroni itqitish. Mashqlarni bajarishda keraklilari: 
1) ikki oyoqda yaxshi tayanch hosil qilish; 2) itqitishda harakatni 
o‘ng oyoqdan boshlab, tosni aylantirish bilan uni oldinga-yuqoriga 
harakatlantirish. Itqitishni yo‘nalishini nazorat qilish uchun ma’lum 
predmetni ustidan oshirib itqitish.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling