Yengil atletika va uni
Snaryadning uchib chiqishi va uchishi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Yadro itqitish texnikasining asosiy qoidalari
Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. Yadro itqitishda uchib
chiqish nuqtasi qo‘lning eng baland ko‘tarilgan nuqtasiga mos keladi. Yadroning uzoqqa uchishi uchun uning 45 0 burchak ostida uchib chiqishi nazariy jihatdan qulay hisoblanadi, biroq amalda bu burchak kichikroq bo‘ladi. Snaryadning uchib chiqish nuqtasi tayanchdan yuqori joylashganligi sababli u yerga tushganda joy burchagi hosil bo‘ladi (uchib chiqish nuqtasidan yerga tushish nuqtasigacha o‘tkazilgan chiziq va erga tushish nuqtasi orqali o‘tadigan gorizontal chiziq o‘rtasida). Burchak kattaligi uchib chiqish nuqtasi balandligiga va orqaga – uchish uzoqligiga bog‘liq. Yadro irg‘itishda u 10 0 dan kattaroq bo‘lishi mumkin. Qo‘ldan to‘g‘ri chiqarib yuborilgan snaryad uchib chiqish vaqtida kichik ijobiy – hujum burchagiga ega bo‘ladi. Buning natijasida havo qarshiligi sezilarli bo‘lmaydi. 96-rasm. Joy burchagi Hujum burchagi – bu snaryad sirti va havoning qarshi oqimi yo‘nalishi o‘rtasidagi burchakdir. Yadro itqitishda snaryadga ta’sir qilish kuchi qancha kam bo‘lsa, uchib chiqish burchagi shuncha katta bo‘ladi va aksincha. 455 4.3. Yadro itqitish texnikasining asosiy qoidalari Yuqorida aytib o‘tganimizdek, yadro parvozining uzoq davom etishi snaryadning uchib chiqish tezligi, burchagi hamda itqitish vaqtidagi gorizontga nisbatan balandligiga bog‘liq. Snaryad uchib chiqishining boshlang‘ich tezligi o‘sishi uchun uning yo‘li uzunligi hamda tezlanish vaqti muhim omildir. Erkaklarda yakunlovchi tezlanish yo‘lining uzunligi 1,8 m gacha, ayollarda esa 1,65 m gacha bo‘ladi. Yakunlovchi kuchlanishni bajarish uchun erkaklar o‘rtacha 0,23 s, ayollar esa 0,22 s sarflaydilar. Yadroni 19 m dan uzoqqa itqitishda boshlang‘ich tezlik – 13 m/sek, 22 m dan ortiq masofaga itqitishda esa 14 m/sek dan ko‘proq bo‘ladi. Snaryadning uchib chiqish vaqtidagi boshlang‘ich tezligi 15-20% ga, avvalgi zarb berish (sapchib yoki burilib) tezligidan va 80-85% ga yakunlovchi qism tezligidan tashkil topadi. Yadro itqitishda kuchlanishlar quvvati jismoniy, ayniqsa, tezlik- kuch sifatlarining rivojlanish darajasidan, o‘z harakat imkoniyatlarini safarbar qilish qobiliyati, shuningdek,, texnik mahoratni ishga solish va o‘z harakat potensialidan foydalana bilishga ko‘ra aniqlanadi. Yadro itqitishdagi muhim ko‘rsatkich uning uchib chiqish burchagi hisoblanib, u eng yaxshi itqituvchilarda 39-42 0 ga teng. Uchib chiqish burchagi, asosan, sportchining yakunlovchi bosqichdagi harakatlari asosida hosil bo‘ladi. Avval o‘ng, yakunlovchi qismning oxirida chap oyoq bo‘g‘imlarining rostlanishi, gavda va itaruvchi qo‘l harakatlari bilan ta’minlanadi. Har bir sportchi uchun snaryadni itqitish balandligi ko‘pincha doimiy bo‘lib, uning bo‘yi bilan bog‘liq. O‘ng oyoq tizzasining yetarlicha rostlanmasligi tufayli texnikada yuz beradigan xatolik ko‘p hollarda snaryadni itqitish balandligining yetarli bo‘lmas- ligiga olib keladi. Yadro itqitishda sport natijalarining asosini texnikani o‘zlash- tirganlik darajasi tashkil etadi, uni itqitish uzoqligi va joyidan tezlik berish orasidagi tafovutga qarab baholash mumkin. 1 m dan ortiq farq o‘rtacha baholanishi mumkin, 1,5 m dan ortig‘i – yaxshi, 2 m dan ziyod bo‘lsa – a’lo. 456 Yadro itqitish texnikasini baholash usullari sirasiga ma’lum bir sportchi texnikasini yuqori malakali sportchi texnikasi bilan taqqoslash usulini kiritish mumkin. Taqqoslash orqali tenglashtirish texnikasi ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritamiz (V.M. Zastiorskiy bo‘yicha, 1971- y.). Bu usulning kamchiligi shundaki, yosh sportchilar texnikaning eng yaxshi usullarini emas, uning nuqsonlarini ham takrorlashlari mumkin, bundan esa hatto eng kuchli atletlar ham kafolatlanmagan. Yana bunday yondashuvda taqqoslanayotgan uloqtiruvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasi ko‘pincha hisobga olinmaydi. Yadro itqitish texnikasini baholashning yana bir usuli biomexanik tahlil asosida aniqlangan muayyan bir namuna (ideal) bilan qiyoslash sanaladi (V.M. Zastiorskiy bo‘yicha texnikaning mutlaq samaradorligi, 1979-y.). Masalan, yuqori malakali sportchilarda yadroga tezlik berish yo‘li uzunligi 180 sm gacha etadi. Agar u yoki bu sportchida yadroga tezlik berish yo‘li shu ko‘rsatkichdan kichik bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich nuqtai nazaridan uning texnikasini samarasiz deb hukm chiqarish kerak. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling