Yengil atletika va uni
-rasm. Tezlik olishga tayyorgarlik 92-rasm
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 93-rasm.
91-rasm. Tezlik olishga
tayyorgarlik 92-rasm. Dastlabki holat, sapchishga tayyorlanish Bunday holatga tanani uloqtirish yo‘nalishiga teskari tomonga optimal egiltirish, burish yoki “burash”, shuningdek,, oyoqlarni (birinchi navbatda – tayanch oyoqni) optimal chegaragacha bukish yordamida erishiladi (tana og‘irligi o‘ng oyoqda). Snaryadga kuch berish yo‘lini oshirish uchun oyoqlarning joylashish kengligi ham muhim ahamiyatga ega. Biroq oyoqlarni joylashtirish kengligi har bir uloqtiruvchi uchun faqat tajriba yo‘li orqali belgilab olinishi mumkin. Final kuchlanishga tayyorlanish jarayonida sportchining gavda egilishini kamaytirish hisobiga harakat tezligi bir oz oshishi mumkin. Umuman olganda, final kuchlanishga tayyorlanish passiv palla hisoblanadi, chunki bu paytda tezlanish yo‘qligi sababli “uloqtiruvchi- snaryad” tizimining harakatlanish tezligi kamayadi. 93-rasm. Sapchip yadro itqitish texnikasi 453 94-rasm. Aylanib yadro itqitish texnikasi 95-rasm. Yadro itqitish joyi Final kuchlanishi. Itqitishning bu qismi vazifasi – snaryadni fazoda to‘g‘ri joylashtirgan holda optimal burchak ostida snaryadga maksimal tezlik berish. Bu vazifa mushaklarning, birinchi navbatda, oyoqlar mushaklarining tez, qat’iy tartibda ketma-ket qisqarishi hisobiga bajariladi. Itqituvchi sapchishdan so‘ng qo‘sh tayanch holatni egallashi bilanoq, oyoqlar mushaklari qisqarib, gavdani ko‘taradi, bir vaqtning o‘zida tos oldinga chiqariladi. Oyoqlarni tekislash va tosni oldinga chiqarish shuning uchun kerakki, gavda mushaklari cho‘ziluvchan holatda qolishi, tekis chap oyoq esa a’zolarning harakatlarini to‘xtatish uchun tayanch bo‘lishi lozim. Itqituvchining tekislangan oyog‘i tana mushaklari qisqarishi uchun zarur bo‘lgan qattiq tayanch hisoblanadi. Tana mushaklari to‘liq qisqargandan so‘ng qo‘l mushaklari ishga qo‘shiladi. Mushaklarning ketma-ket qisqarishi final kuchlanishda katta ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, agar mushaklarning ketma-ket 454 qisqarishiga rioya qilinsa, keyingi mushak kuchi oldingi mushak kuchi nolga teng bo‘lgan paytda ishga tushadi va shu orqali snaryad harakatlanishining eng katta tezligiga erishiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling