Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Bosqon uloqtirish – bu nisbatan yengil atletikaning yosh turlaridan 
biri hisoblanadi. Bosqon uloqtirish avvaldan, ya’ni 1 asrlik tarixga 
ega. O‘tgan XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan boshlab 
odamlar ushbu sport turi bilan shug‘ullanib kelishgan. Bosqon 
uloqtirish ko‘proq Irlandiyada rivojlanib borgan. Ch. Poddakning 
bergan ma’lumotiga qaraganda Irlandiyada bosqon uloqtirish – ya’ni 
temir bosqon kuvalda uloqtirish deb yuritilib kelgan. Kuchemet degan 
pahlavon to‘g‘risida afsonalar aytilib kelgan. 1920-1930-yillarda 
Irlandiyalik sportchilar ulardan Patrik O Kallaham, ikki marotabalab 
1928- va 1932-yillarda Olimpiada g‘olibiga aylandi. Angliyada 
1850-yillarda bosqon uloqtirish rivojlana bordi, ushbu-yillardan 
Angliyada bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazila boshladi. 
1866-yili Angliyada R. Djeyms 24 m 50 sm ga uloqtirib Angliya 
chempioni bo‘ldi. Ushbu-yillarda boshqa davlatlarda ham bosqon 
uloqtirish sport turi asta-sekin ommalashib rivojlana boshladi. 
1900-yilda bosqon uloqtirish Parij shahrida o‘tkazilgan Olimpia 
o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan, bu holat yengil atlektikaning bu 
turining barcha mamlakatlarda keng ommalashishiga olib kelgan.
Bosqon uloqtirish 1900-yillardan boshlab uloqtirish Rossiyada ham 
rivojlana boshladi. Bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqa nizomlari 
asta-sekin tuzila boshladi 1900-yillarda snaryadning dastasi uzunligi 
1 m 22 sm, og‘irligi – 7,257 kg, doirasining diametri 2 m 13,5 sm, 
sektori 90
0
burchak ostida bo‘lib, keyinchalik sektor 45
0
burchak 
ostida bo‘lgan uloqtirish maydoniga, asfalt yotkazilgan. Oradan ancha 
vaqt o‘tishi bilan bosqon uloqtirish sektori 40
0
burchak ostida 34,92
0
qisqartirilgan. Bosqonning og‘irligi 7,265 kg og‘irlashdi. Erkaklar 
uchun 7,265 kg, ayollar uchun 4,005 kg. 
Bosqon uloqtirish bo‘yicha dastlabki Olimpia chempioni sifatida 
amerikalik D.Flenegen qayd qilib o‘tiladi va bu sportchi 49,73 metr 
natija ko‘rsatgan. Bu sportchi chempionlik nomini 1904 – 1908-yillar 
davomida saqlab qolgan. 


473
2000-yilda o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida S.Jilkovskiy 80,02 
metrga bosqon uloqtirishning uddasidan chiqadi. Sidney shahrida 
o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida ayollar bellashuvi ham dastur 
tarkibidan o‘rin egallab, bu yo‘nalishda birinchi chempion ayol 
sportchi sifatida Polshalik K.Skalimovska 71,16 metr natija bilan 
shoh supadan o‘rin egallagan.
Hozirgi vaqtda bosqon uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo 
rekordi SSSRlik Yuriy Sedixga tegishli bo‘lib, 1986-yil, 86,74 m natija 
qayd etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida dunyo rekordi Germaniyalik Betti 
Xaydlerga tegishli u 2011-yil, 79,42 m natijani qayd etgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng bir qator bosqon 
uloqtiruvchilar etishib chiqdilar. 1997-yilda A.Abduvaliyev 82 m 
60 sm, O. Ustinov 76 m 62 smga bosqon uloqtirish bo‘yicha Osiyo 
chempioni bo‘lishgan. Olga Jogoleva 52 m 16 sm masofaga uloqtirib 
O‘zbekistonning bir necha bor chempioni bo‘lgan.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling