Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

101-rasm. Bosqon uloqtirishda dastlabki siltashlar
Shundan keyin birinchi davradagi aylantirish harakatlari takror-
lanadi, lekin bunda chap qo‘lning yuqoriga siljiyotgan vaqtdagi 
aylanishi ertaroq boshlanadi. Gavda og‘irligini o‘ng oyoqqa o‘tkaza-
yot ganda bu oyoq ko‘proq bukiladi, gavda esa orqaga ko‘proq en-
gasha di.
Qo‘llar bosh ustida harakatlanishining oxirida uloqtiruvchi yelka 
kamarani o‘ngga, oxiriga qadar burib chap tovonini ko‘taradi. Bu 
harakat tosni o‘ngga ko‘proq burishga va yelka kamarining o‘ngga 
burilishini oshirishga yordam beradi.
Dastlabki aylantirishda tana og‘irligini bosqonga qarama-qarshi 
tomonga ko‘chirish (asosan tos qismining joy o‘zgartirishi) katta 
rol o‘ynaydi. Bosqon uloqtiruvchining chap yoki o‘ng tomondan 
o‘tayotganda tana og‘irligi bolg‘adan uzoqroq joylashgan oyoqqa 
ko‘proq tushadi. Bu esa uloqtiruvchining muvozanatni saqlashi 
va bolg‘aning harakat tezligini oshirishiga yordam beradi. Bosqon 
shari o‘z orqasidan o‘tayotganda sportchi oldinga engashadi, shar
oldinga o‘tganda esa orqaga ko‘chadi. Gavda og‘irligining tasavvur 
qilinadigan aylanish o‘qi atrofida bunday o‘rin almashtirib turishi 
faqat bosqonni bir joyda turib tez aylantirishdan burilishga o‘tish 


479
vaqtida ham muvozanat saqlab turishiga yordam beradi, bu esa juda 
muhim ahamiyatga ega.
Bosqon o‘zining eng yuqori holatidan gavdaning o‘ng tomoniga, 
yelka bo‘g‘inlarigacha pasayib harakatlanayotgan paytda uloqtiruvchi 
qo‘llarini boshdan o‘ng tomonga tushiradi va bunga o‘ng qo‘l bukilgan 
holda tirsagi bilan pastga tushadi, chap qo‘l esa to‘la yoziladi. Xuddi 
shu paytdan birinchi burilishga kirishish boshlanadi.
Uloqtiruvchining burilishlari. To‘g‘ri uloqtirishda har bir burilish 
oldingisidan tezroq bajariladi. Harakatlar bir tekisda tezlashadi. 
Basharti bosqon harakatini siltab tezlashtirilsa, u holda bosqon tanadan 
o‘zib ketadi va uloqtiruvchi unga yaxshi ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Gavda va uning qismlarining egilish burchagi hamda bo‘g‘imlarning 
bukilishi har bir burilishda doimo o‘zgarib turadi. Burilishlarda yakka 
va qo‘sh tayanchli fazalar farq qilinadi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling