Yengil atletika va uni
-vazifa. Bosqon uloqtirish texnikasi takomillashtirish. Vositalar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko‘rsatmalar.
- 5.4. Bosqon uloqtiruvchilarning maxsus mashqlari
6-vazifa. Bosqon uloqtirish texnikasi takomillashtirish.
Vositalar: 1. Uloqtirish texnikasini takomillashtirish uchun dastlabki aylan- tirish, burilishlar va oxirgi zo‘r berish mashqlari. 2. Doira ichida turib bosqonni maksimal tezlikda aylantirib, uch burilib uloqtirish. 3. Mashg‘ulot vaqtida musobaqa qoidalariga rioya qilgan holda sinash tariqasida bosqon uloqtirish. 4. Bosqon uloqtirish musobaqalarida qatnashish. Uslubiy ko‘rsatmalar. Uloqtirish texnikasini takomillash tira- yotganda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maxsus mashqlarni mashg‘u- lotlarga kiritish kerak. Bosqon uloqtirish malakasini mustahkamlash uchun asbobni bir kuch bilan uloqtirish ayniqsa muhim. Bu sportchini musobaqaga yaxshi tayyorlaydi. Ko‘pgina trenirovka mashg‘ulotlariga, hattoki qishda ham, uloqtirish texnikasini takomillashtiruvchi mashq- larni kiritish lozim. Texnikani takomillashtirish davrida, uloqtirish texnikasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun o‘z texnikasini va boshqa (yyetakchi) uloqtiruvchilarning texnikasini kinoanaliz qilish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 489 5.4. Bosqon uloqtiruvchilarning maxsus mashqlari Bosqon uloqtiruvchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak. chunki kichik texnik tayyorgarligi o‘zlashtirish mumkin, katta mashqlar miqdori bajarishi bilan har bir mashq boshlanishi, malakali iloqtiruvchi ham mashqda cho‘zilishi muskullarning harakat qilishi, asosan bel, yelka, kurak va oyoq chunki ko‘plab uloqtirish harakati ham orqaga, yonga va aylanib amalga oshiriladi. Shuning uchun Bosqon uloqtiruvchilarning boshqa turdagi yengil atletikachilardan farq qilgan holda bel, yelka, kurak va oyoq muskullari nafaqat kuchli harakat qilish balki elastiklik bo‘lishi ham shart. Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni, egiluvchanlikni, harakat tеzligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin. 1. Oyoqlar yelka kеngligida, o‘ng qo‘lda yuqoridan yadroni ushlagan holda o‘ngga egilib, yadro yelka barobariga tushi- riladi va yondan yuqoriga yadro- ni uloqtirib, chap qo‘lda ilib olinadi. Yadroni qo‘ldan-qo‘lga uloqtirib ilib olish jarayonida oyoqlar tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi. 2. Oyoqlar yelka kеngligida, yadroni ikki qo‘llab bosh yuqo- risida ushlab turiladi. Yarim o‘tirgan holda, qo‘llarni oyoqlar orasiga olib tеzda oyoqlarni to‘g‘ rilab yadroni oldinga-yuqo- riga uloqtirish va yana ikki qo‘l- lab ushlab olish. Yadroni 490 uloq tirganda uzoqqa emas, balki yaqin roqqa uloqtirish. Bu esa yad roni ushlab olishga qulay. 3. Tik turgan holda yadroni bir qo‘lda ushlab, orqadan uloqtirib, ikkinchi qo‘lda ilib olish. Yadroni orqadan uloqtirganda oyoqlar tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi va uloqtirishning so‘ngida oyoqlar uchiga ko‘tarilish kеrak. 4. Yadroni ikki qo‘llab yuqorida ushlagan holda o‘ng tomonga egilib, chap tomonga uloqtirish. Gavda egilgan tomondagi oyoq tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi va boshqa oyoq to‘g‘rilanadi hamda uloqtirish so‘ngida oyoq- lar uchiga ko‘tariladi. 5. Ko‘krak oldida yadroni ikki qo‘llab ushlagan holda oyoqlarga yarim o‘tirib, tеzlik bilan oldin- ga-yuqoriga uloqtirish. Uloqti- rish so‘ngida gavda bir oz ol- dinga engashtiriladi va oyoqlar uchiga ko‘tariladi. 6. Tik turgan holda yadroni ikki qo‘llab bosh yuqorisida tutiladi. Yarim o‘tirgan holda qo‘llarni oyoqlar orasiga olib, tеzda oyoq- lar to‘g‘rilanadi va yadro oldin- ga-yuqoriga uloqtiriladi. Uloq- tirishning oxirida gavda oldinga intiladi va oyoqlar uchiga ko‘ta- riladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling