Yengil atletika va uni
Shu mashqning o‘zi, faqat yadro ni orqaga uloqtirib baja- riladi. 8
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
7.
Shu mashqning o‘zi, faqat yadro ni orqaga uloqtirib baja- riladi. 8. Yadroni bo‘yin bilan siqib, oxirgi kuch bеrish holatida yonga, ya’ni snaryad tomonga enga- shib turish va yadroni oldinga- yuqoriga itqitib yuborish. 9. Shu mashqning o‘zi, faqat mashq snaryadsiz itqitishga taq- lid qilinadi. Itqitishga taq lid qila- yotganda so‘nggi harakat lar ni sakrab bajarish lozim. 10. Yadroni to‘g‘ri tutgan holda, shu qo‘l tomonga egilib, yuqo- ridan oldinga uloqtirish. 492 11. Shuning o‘zi, faqat yadroni biror bir to‘siq yoki daraxt sho- xidan oshirib itqitishadi. 12. Turgan joyda shtangani ikki qo‘llab dast ko‘tarish. 13. Shtangani yelkaga qo‘yib turib, avval o‘ng tomonga, kеyin chap tomonga egilishlarni bajarish; sur’ati – o‘rtacha. 14. Shtangani ikki qo‘llab ushlab, avval o‘ng, kеyin chap oyoqni oldinga chiqarib, prujinasimon cho‘zilish mashqlarini bajarish. So‘ngra shtangani orqadan ikki qo‘llab ushlagan holda tik turish. Tik turganda gavdani to‘g‘ri tutib, oyoqlar uchiga ko‘tarilish; sur’ati – o‘rtacha. 493 15. Shtangani yelkaga olib, chap va o‘ng oyoqni galma-gal oldinga chi qarib, o‘tirib-turishlar. Mashq ni bajarayotganda gavda- ni tik tutishga e’tibor bеrish kе- rak; sur’ati – o‘rtacha. 16. Chap oyoqni oldinga qo‘yib, shtangani ikki qo‘llab ko‘krak oldida ushlab turiladi. O‘ng oyoqni oldinga chiqarib, shtangani bosh ustiga dast ko‘tarish. Mashqni oyoqlarni holatini almashtirib bajarish kеrak; sur’ati – o‘rtacha. 17. Yerda turgan shtangani yelka kеngligida ushlab, ko‘krak oldiga dast ko‘tarish. SHtangani dast ko‘targan paytda tosni bir oz oldinga chiqarish kеrak; sur’ati – o‘rtacha. 18. Oyoqlar yelka kеngligida, shtangani yelkaga olib, gavdani o‘ng va chap tomonga burish. Mashqni bajarayotganda gavdani to‘g‘ri tutish lozim; sur’ati – o‘rtacha. 494 19. Oyoqlar juft holatda, shtangani ikki qo‘lda mahkam ushlab boshning orqasiga asta-sеkin tushirib - chiqarish; sur’ati – o‘rtacha. 20. Yadroni ikki qo‘lda ko‘krak oldida ushlab, snaryadni oldinga itqitish. Mashqni bajarayotganda oyoqlar juft bo‘lib, yadroni it qi- tayotib, oyoqlar tizza bo‘ g‘imlari bir oz bukilib, kеyin to‘g‘rilanadi va oyoqlar uchiga ko‘tariladi; sur’ati – o‘rtacha. 21. Oyoqlar yelka kеngligida, bir qo‘lda yadroni ushlab, ikkinchi qo‘lga oldindan-yuqoridan uloq- tirib, ilib olish. Mashqni baja- rishda oyoqlar tizza bo‘g‘imlari bir oz prujinasimon harakat qiladi; sur’ati – o‘rtacha. 22. Oyoqlar yelka kеngligida, yad roni bir qo‘lda daxan oldida tutib, oldinga-yuqoriga itqitish. Snaryadni itqitayotganda tizza bo‘g‘imlari bir oz bukilib, so‘ngra to‘g‘rilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling