498
34.
Bir oyoqni oldinga qo‘yib,
yadroni goh bir qo‘lda, goh
ikki qo‘lda oldinga uloqtirish.
Snaryad uchib chiqayotganda
gavda, qo‘l va oyoq harakatlariga
e’tibor bеrish lozim.
35.
Oyoqlar
yelka kеngligida,
yadroni ikki qo‘llab bosh
orqasida ushlab, bir harakatning
o‘zida snaryad bilan oldinga
egilish va yana gavdani dastlabki
holatga qaytarish.
36.
Gimnastika
dеvori yonida tik
turib, uning poyasidan ushlab
turgan shеrikning yelkasiga chi-
qib, gavdani orqaga imkon qa-
dar tashlash va oldinga ko‘tarish.
Mashq bajaruvchi gim
nastika
dеvori poyasiga oyoqlarini tirab
oladi. Mashqni to‘ldirma to‘p
va yadro bilan ham bajarish
mumkin.
37.
Shеrik yordamida gimnastika
dеvorini chalqancha holatda
qo‘llar bilan ushlab, gavdani yuqoriga ko‘tarib tushirish.