Yengil atletika va uni
Yuqori razryadli o‘nkurashchilar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
1.3. Yuqori razryadli o‘nkurashchilar
mashg‘u lotining xususiyatlari O‘spirinlarning 3-4-yillik tayyorgarligidan so‘ng yoki katta yoshdagi sportchilarning 1-2-yillik trenirovkasidan keyin, ularning tayyorgarligida kuchli va bo‘sh tomonlari aniqlanadi. Shuning uchun trenirovkalarni rejalashtirayotganda, o‘nkurashchilarning individual xususiyatlarini nazarda tutish mumkin bo‘ladi. Keyingi-yillardagi trenirovka rejasi endi boshlovchi ko‘pkurashchilar plani asosida tuziladi. Asosiy e’tibor quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi. 1. O‘nkurashga taalluqli bo‘lgan va ayniqsa, orqada qolgan yengil atletika turlarning texnikasini takomillashtirish. 2. Umumiy jismoniy tayyorlik darajasini va avvalo, kuchni, tez- korlikni va maxsus chidamlilikni oshirish. 3. Irodaviy fazilatlarni oshirish. 4. O‘nkurash bo‘yicha musobaqalarga qatnashish tajribasini oshirish va taktikani takomillashtirish. Trenirovkani rejalashtirayotganda, o‘nkurash musobaqasi shart- larini va ko‘pkurashning har bir turida trenirovka qilish spestifikasini e’tiborga olish kerak. 509 Tayyorlov va boshqa davrlarda sakrashlar va uloqtirishlarda trenirovka qilishning asosiy vazifasi texnikani yanada takomillashtirish va zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir. Shuning uchun davrlar o‘tishi bilan sakrash va uloqtirishdan trenirovka qilishning tarkibi oz o‘zgaradi. Ammo kuzgi-qishki bosqichda, bahorgi bosqich va musobaqalashuv davriga nisbatan maxsus mashqlarga ko‘proq vaqt ajratiladi. Yugurish trenirovkasining tarkibi bosqichdan bosqichga,-yildan- yilga ancha o‘zgaradi. Tayyorlov davrining kuzgi-qishki bosqichida, ko‘pkurashchining yugurish tayyorgarligida, kichik shiddatli katta hajmda kross, o‘zgaruvchan va takror (200-300 m dan) yugurishlar hamda pastki startdan 20-30 m ga (15-20 start) yugurishlar asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Trenirovkaning bahorgi bosqichida 200- 300 metrli takror va o‘zgaruvchan yugurishlar soni kamayadi, yugurib o‘tish tezligi esa oshadi. Pastki startdan yugurishning ham soni kamayib, masofasi uzayadi. Yugurishdan juda ham ko‘p trenirovka qilish o‘nkurashchining kuchini pasaytiradi, yugurishsiz esa uning tayyorgarligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli-yil bo‘yi kuchni rivojlantirish uchun mashq bajarishni unutmaslik kerak. Ko‘pkurashchining irodaviy fazilatlari kunda tarbiyalanadi. Shug‘ullanish joyiga va sportchining tayyorgarligiga qarab trenirovkani har xil tuzish mumkin, ammo asosiy metodik ko‘rsat- malarga rioya qilib qo‘yilgan vazifa bajarilishi kerak. Quyida 5 mashg‘ulotdan iborat bo‘lgan haftalik trenirovka davri ko‘rsatilgan. 1-kun – o‘nkurashning birinchi kundagi to‘rt turi; 2-kun – o‘nkurashning ikkinchi kundagi to‘rt turi; 3-kun – dam olish; 4-kun – o‘nkurashning birinchi kundagi to‘rt turi; 5-kun – o‘nkurashning ikkinchi kundagi to‘rt turi; 6-kun – orqada qolgan turlardan og‘irliklar bilan mashq qilish va kross; 7-kun – dam olish. Charchab qolmaslik uchun birinchi haftada mashg‘ulot bir kunda bir marta o‘tkaziladi. Keyinchalik bir kunda ikki mashg‘ulotga o‘tib, bir kunda bir mashg‘ulot bilan almashtirib turish kerak. 510 Agarda biron turdagi qoloqlikni yo‘qotilmoqchi yoki biror xato tuzatilmoqchi bo‘lsa, uni razminkadan keyin qo‘yish kerak. Masalan, uzunlikka sakrashni darhol razminkadan keyin qo‘yib, yugurish sakrashdan keyin bajarilishi mumkin. Musobaqada to‘rtinchi bo‘lib keladigan turlarda (balandlikka sakrash yoki nayza uloqtirish), katta hajm bilan trenirovka qilishga ehtiyoj tug‘ilsa, u paytda oldingi turlarda mashg‘ilotning hajmini va jadalligini pasaytirish kerak. Bahordagi trenirovka davri boshqacha bo‘lishi mumkin. Lekin o‘nkurashchi bir kunda ikki marta mashg‘ulot o‘tkazishga tayyor bo‘lishi ayniqsa, muhim. Agar u bir kunda ikki marta mashg‘ulot o‘tkazishga bardosh berolmasa, demak, musobaqada yaxshi natija ko‘rsatolmaydi. Tayyorlov davrida ko‘pkurashchi alohida turlardan musobaqalarga qatnashishi kerak, lekin bunga alohida tayyorgarlik ko‘rish shart emas. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling